Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

La Liga rahbari: "Barselona"ga qarshi sport sanksiyalari qo‘llanilmaydi"

La Liga rahbari: "Barselona"ga qarshi sport sanksiyalari qo‘llanilmaydi"

Baho:
+ | -

Xaver Tebasning aytishicha, hakamlar qo‘mitasiga to‘lovlar tufayli "Barselona" sport sanksiyalariga duchor bo‘lmaydi.

Avvalroq klub Ispaniya hakamlar qo‘mitasi sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga 2016-2018 yillar davomida 1,4 million yevro to‘lagani haqida xabar berilgandi. Klubning aniqlik kiritishicha, Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi rasmiysi yosh futbolchilar va hakamlik borasidagi hisobotlari uchun maosh olgan.

O‘shanda "Barsa" Negreyraga 2003 yildan beri 4,7 million yevro to‘lagani ma’lum bo‘ldi. Klubdan tushgan to‘lovlar uning kompaniyasining 2016-2018 yillardagi aylanmasining 95 foizini tashkil qilgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Negreyra o‘yinlar oldidan "Barsa"ga hakamlar hisobotini taqdim etgan.

"Aniqlik kiritish kerakki, sport intizomiy jazolari mumkin emas, chunki oradan besh yil o‘tdi va da’vo muddati uch yildan keyin tugaydi.

Sport darajasida hech narsa qilish mumkin emas. Yana bir narsa jinoiy yurisdiksiya sohasida. Prokuratura faktlarni o‘rganmoqda va sport sohasida korrupsiya bor-yo‘qligini aniqlaydi.

Keling, tergov qanday yakunlanishini ko‘ramiz, La Liga tomonidan biz uning natijalarini hurmat qilishimiz kerak. Agar prokuratura "Barsa"ga qarshi da’vo qo‘zg‘atishga qaror qilsa, biz xususiy ayblov qo‘yishimiz kerak. Aks holda ish yopiladi. Bu La Liganing pozisiyasi.

Biz Arbitraj qo‘mitasi a’zolaridan Enrikes Negreyra hakamlarni tayinlash jarayoniga biron-bir tarzda aralashgan yoki aralashmagani haqida professional tarzda hisobot berishlarini talab qilmoqchimiz.

Etika nuqtaiy nazaridan bunday narsalarni professional futbolda qabul qilib bo‘lmaydi", - dedi La Liga prezidenti.

 

 

Kiritildi: 20:05, 16.02.2023.
O'qildi: 1552 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик