Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Xokkey. «Humo» pley-off bosqichida dastlabki g‘alabani qo‘lga kiritdi

Xokkey. «Humo» pley-off bosqichida dastlabki g‘alabani qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Joriy mavsumda Qozog‘iston chempionatida ishtirok etayotgan Toshkentning «Humo» xokkey klubi pley-off bosqichidan o‘rin olgan dastlabki o‘yinni o‘tkazdi. Toshkentliklar "Gornyak" klubiga qarshi dastlabki o‘yinda qiyin g‘alabaga erishishdi.

Bahsning birinchi bo‘limida qozog‘istonliklar hisobni ochishgan bo‘lsa, ikkinchi taymda vakillarimiz Artyom Valeevning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi.

Uchinchi davrda hisob o‘zgarmagani uchun navbat overtaymga berildi. Uning 14-daqiqasi "Gornyak" xokkeychisi xavfli o‘yin uchun 4 daqiqaga maydondan chetlatildi. "Humo" bundan unumli foydalanib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi. G‘alaba to‘pi muallifi ham Artyom Valeev bo‘ldi.

Shu tariqa, "Humo" pley-offda dastlabki g‘alabaga erishdi. Chorak final bosqichi jamoalardan biri 4 marta g‘alaba qozongunga qadar o‘yinlar o‘tkaziladi. Ikkinchi uchrashuv ertaga — 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Keyingi ikkita bahs esa 21 va 22 fevral kunlari Rudniy shahrida bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:49, 16.02.2023.
O'qildi: 1701 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик