Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Lionel Messi «PSJ»ni tark etishga yaqin. U klub loyihasi Mbappe atrofida qurilayotganidan norozi

Lionel Messi «PSJ»ni tark etishga yaqin. U klub loyihasi Mbappe atrofida qurilayotganidan norozi

Baho:
+ | -

“PSJ” hujumchisi Lionel Messi parijliklar safida qolishni istamayapti.

L’Equipe nashrining xabar qilishicha, futbolchining otasi va agenti Xorxe Messi “PSJ” rahbariyati bilan uchrashgan. Muzokaralar yakuniga ko‘ra tomonlar kelishuvga erisha olmagan.

Messining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi. Argentinalik futbolchi bu bitimni uzaytirmoqchi emas.

Yanvar oyida “PSJ” Leo bilan kelishuvni uzaytirish borasida optimistik kayfiyatda edi. Biroq hujumchi taklifni qabul qilishni istamayapti. Qayd etilishicha, Messining vakillari boshqa variantlarni ham o‘rganib chiqish istagida.

Jurnalist Xerar Romeroning xabar qilishicha, Xorxe Messi “PSJ” bilan muzokaralar yakunlangach, Barselonaga uchib ketgan. Biroq Xorxe Messi o‘g‘lining “Barselona”ga o‘tish ehtimoli yo‘qligini ma’lum qildi.

"Leo “Barselona”ga qaytadi deb o‘ylamayman. Sharoit yo‘q. Hech qanday taklif mavjud emas, biz Laporta bilan gaplashmadik", — deydi Xorxe Messi.

Messi “Barselona”ga qaytish varianti borasida o‘ylayotgan bo‘lsa, bu faqat 6 oylik shartnoma bo‘ladi, deyiladi L’Equipe maqolasida. Futbolchi shu bilan Yevropadagi faoliyatini yakunlab, dekabr oyida “Inter Mayami”ga safiga qo‘shilishi mumkin.

Aytilishicha, JCH—2022 dan keyin “PSJ” ichki muhitidagi holat yomonlashgan va bu Leoga yoqmayapti. Messi “PSJ” nima sababdan loyihani Kilian Mbappe atrofida qurayotganini tushunmayapti. Shuningdek, futbolchi o‘zi va Neymarga nisbatan e’tiborning kamligidan norozi.

35 yoshli Messi “PSJ” safida joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 26 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:52, 17.02.2023.
O'qildi: 5689 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.