Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Pep Gvardiola "Manchester Siti"ga kelganidan buyon APL jadvali qanday o‘zgargandi?

Pep Gvardiola "Manchester Siti"ga kelganidan buyon APL jadvali qanday o‘zgargandi?

Baho:
+ | -

Gvardiola o‘z davrining eng yaxshi murabbiyidan biri sanaladi. Balki barcha davrlarning hamdir. Buni aniq ayta olmaymiz. Ammo bir narsani aniq bilamizki, u 2016 yildan beri Angliyada faoliyat yuritmoqda. Hozirga qadar Pepning jamoasi allaqachon APLda dominant darajasiga chiqib oldi – nafaqat o‘yin borasida, balki natijada ham. Gvardiola murabbiylikni "Barselona B"da boshlagan. Oradan bir yil o‘tgach esa, asosiy jamoaga ustoz bo‘ladi. Kataloniyadagi davrida Gvardiola 3 marta Ispaniya chempioni bo‘ldi. Yana shuncha marotaba YECHLda zafar quchdi. Shuningdek, ikki bor Ispaniya kubogi ham aynan Gvardiola davrida yutilgan.

Ispaniyalik mutaxassis "Barselona"dan "Bavariya"ga yo‘l oladi. Germaniya ichidagi muvaffaqiyatlarga qaramay, u yerda Gvardiola uchun Yevropa sahnida zafar quchish nasib qilmadi. Bu muammo Manchester shahrida ham davom etmoqda. "Shaharliklar"uning davrida 6 ta mavsumning 4 tasida chempionlikka erishdi. Balki, bu mavsumda yettinchisi ham qo‘lga kiritilar. Beshta liga kubogi va bitta mamlakat kubogi Gvardiolaning Angliyadagi ishini yanada salmoqli qiladi. Aytish mumkinki, u o‘ziga berilgan imkoniyatlardan maksimum yaxshi foydalanmoqda.

Gvardiola haqida uning hamkasblari tomonidan aytilgan fikrlar ham buni tasdiqlaydi. 2021 yilda Klopp u haqida shunday degan: "Ular ("Manchester Siti")da ajoyib tarkib va undan ham ajoyib murabbiy bor. Shu narsalar, raqibni yengilmasga aylantirmoqda. "Siti"ga qarshi o‘ynash biz uchun rohat bag‘ishlaydi. Negaki, ular juda ham kuchli va futbolda kuchlilar bilan o‘ynash juda ham ijobiy holat. Ha, ularni mag‘lub etish mumkin. Ammo bu uchun siz eng yaxshi sport formasida bo‘lishingiz kerak. Demak, Gvardiola jamoasi bilan siz o‘z darajangizni ham bilib olasiz".

"Manchester Siti" Gvardiola kelganidan beri 4 marta mamlakat chempioni bo‘ldi. Ammo uning birinchi mavsumi omadli kechmaydi. 2020 yilda esa "Liverpul" bu nomni torib oladi. Aks holda, Gvardiola 6 marta ham zafar quchishi mumkin edi. Agarda uning darajasini baholamoqchi bo‘lsangiz, natijalarga qarash kerak. Buning uchun esa "Manchester Siti"ning 2016 yildan beri APLda yig‘gan ochkolarini qarab chiqish kerak. Demak, quyida Gvardiola "shaharliklar" bilan qancha ochko yig‘gani taqdim etiladi.

Eslatma: biz quyida faqat 11 ta jamoani keltirdik. Negaki, faqat ular so‘nggi yetti mavsum davomida (Gvardiola kelganidan beri) APLda ishtirok etgan.


1. "Manchester Siti" – 587 ochko
2. "Liverpul" – 540 ochko
3. "Chelsi" – 473 ochko
4. "Tottenxem" – 465 ochko
5. "MYU" – 460 ochko
6. "Arsenal" – 445 ochko
7. "Lester" – 347 ochko
8. "Everton" – 329 ochko
9. "Vest Xem" – 319 ochko
10. "Kristal Pelas" – 294 ochko
11. "Sautgempton" – 271 ochko.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 22:22, 17.02.2023.
O'qildi: 2160 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.