Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Unai Emeri Mikel Artetaga qarshi: o‘ch olish va chempionlik poygasi o‘rtasidagi jang

Unai Emeri Mikel Artetaga qarshi: o‘ch olish va chempionlik poygasi o‘rtasidagi jang

Baho:
+ | -

Mikel Arteta jamoasi bugun "Aston Villa" maydoniga safar qiladi. Ispaniyalik mutaxassis "Arsenal"ni yana chempionlik poygasiga qaytarish uchun harakat qilmoqda. Buning uchun bugungi uchrashuvda qanday bo‘lmasin g‘alabaga erishish kerak bo‘ladi.

"Arsenal" Unai Emerini iste’foga chiqarganiga uch yildan oshdi. Ammo uning davrida qo‘ldan chiqarilgan yirik sovrinning aqliy zahmi hali ham ketgani yo‘q. O‘z navbatida Emeri ham buning uchun o‘zining sobiq jamoasidan o‘ch olishga harakat qiladi. Bundan ikki yil oldin u "Arsenal"ni "Vilyarreal" bilan YELda mag‘lub etib, qaysidir ma’noda o‘z alamini olgan. Ammo o‘sha ikki davrali bahs pandemiya sababli yopiq eshiklar ortida kechgandi. Bugun esa o‘yin muxlislar qarshisida bo‘ladi. Shu bilan bir paytda Emerining yurtdoshi bo‘lgan Arteta unga doimo hurmat ko‘zi bilan qarashini bildirib keladi. U bu haqida shunday degandi: "Unai ajoyib murabbiy va doimo raqiblar uchun katta muammo tug‘dira olgan. Men doimo uning boshqargan jamoalariga hurmat ko‘zi bilan qaraganman".

Ammo bu hurmat o‘z vaqtida Mikel Artetani Emerining "Arsenal"da yaratgan barcha narsasini bir boshdan buzib tashlashiga mone’lik qilmagan. Ayni damda Emerining "Arsenal" bilan o‘tkazgan so‘nggi o‘yini (2019 yil, noyabr)dagi asosiy tarkibidan faqat Kiran Tirni qolgan xolos. Ammo shotlandiyalik himoyachi shu kunlarda zaxira o‘rindig‘ida o‘z vaqtini o‘tkazmoqda. Kiyinish xonasida yomon muhit yaratgan (Arteta qarashiga ko‘ra) qolgan barcha futbolchi yo‘qotilgandi. Xususan, Mesut O‘zil, Pyer-Emerik Obameyang, David Luiz, Aleksander Lyakazett, Ektor Belyerin, Kalum Cheymbers va Sokratislar jamoani tekinga tark etgan. Ular ichidan ayrimlariga klubdan ketishi uchun hatto pul ham to‘langandi. Shuningdek, Bernd Leno, Matteo Genduzi va Lukas Torreyralar arzimagan pulga sotib yuborildi.
Ammo Emeri davridagi hamma ham Arteta rejimi davrida tashqariga "uloqtirilgan"i yo‘q. Masalan, Saliba, Martinelli, Saka va Smit-Roular aynan Emeri davrida jamoadagi debyutlarini nishonlagan.

Hozirgi kunga kelib aynan o‘sha nomlar Artetaning yangi loyihasida asosiy ustunlarga aylandi. Biroq, so‘nggi uchta turdagi ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar fonida "Manchester Siti" chempionlik kurashida yana o‘z o‘rniga qaytdi. Bundan atigi bir oy ilgari "Arsenal" "Tottenxem" ustidan g‘alaba qilib, eng yaqin ta’qibchisidan sakkiz ochkoga o‘zib ketgandi. Endi esa, chorshanba kunidagi mag‘lubiyat, jamoani favorit darajasidan ancha pastga tushirib qo‘ydi. "Arsenal" qarshi hujumdan va standart vaziyatlardan unumli foydalanishni biladigan raqiblar uchun tayyor o‘lja sifatida namoyon bo‘la boshladi. Masalan, "Everton", "Brentford" va "Manchester Siti" aynan mana shu uslub orqali to‘pchilarni yer tishlatgandi. Mikel Arteta bugun birmingemliklardan ham aynan shuni kutishi kerak.

O‘z jamoasining so‘nggi paytdagi natijalari haqida Mikel Arteta shunday deydi: "Biz to‘p nazorati va o‘yinni o‘zimizniki qilishni yoqtiradigan jamoamiz. Afsuski, hozirgi natijalarimiz raqib jarima maydonchasi ichida unumli harakat qila olmaganimiz sababli yuzaga kelmoqda. Biz nimani xohlayotganimizni va darajamizni yaxshi bilamiz. Natija bizga qarshi bo‘lgan bo‘lsada, "Manchester Siti" bilan bahsdan olgan ijobiy xulosalarimiz ham bo‘ldi. Men mana shu o‘yinda o‘z ko‘zlarim bilan yigitlarni ulg‘ayganini ko‘rdim. Buni o‘yindan keyin futbolchilarni o‘zlariga ham aytgandim. Ammo biz so‘nggi o‘nyillikdagi eng yaxshi jamoaga qarshi o‘ynadik va bu oson bo‘lmasligini bilardik. Bir necha yil oldin "Man Siti"ga qarab, ulardan qanchalik ortda ekanimizni his qilardik. Hozir biz ular bilan bir darajadamiz. Hech bo‘lmasa, ularga juda yaqin keldik. Natija sababi – raqib bizdan hujumda unumliroq o‘ynagani".

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 15:00, 18.02.2023.
O'qildi: 1696 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.