Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Bundesliga. «Bavariya» bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, o‘zi uchun noqulay bo‘lgan raqibga yutqazdi

Bundesliga. «Bavariya» bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, o‘zi uchun noqulay bo‘lgan raqibga yutqazdi

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatining 21-turi doirasida «Bavariya» Myonxengladbax shahrida «Borussiya» klubi mehmoni bo‘lib, imkoniyatni boy berdi.

Bahsning 8-daqiqasida myunxenliklar himoyachisi Dayo Upamekano darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgan Pleani ortidan tepib yiqitdi. Natijada hakam uni maydondan chetlatdi va "Bavariya" o‘yin boshidayoq bir kishi kam bo‘lib qoldi.

"Borussiya" esa mazkur ustunlikdan unumli foydalanib, g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shtindl 13-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 35-daqiqada Shupo-Moting muvozanatni tikladi.

"Gladbax" ikkinchi bo‘limda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi. Taym boshida Xofmann, o‘yin so‘ngida Tyuram "Bavariya" darvozasiga bittadan gol urishdi. Myunxenliklar esa ikkinchi taymga qo‘shilgan vaqtda bitta javob to‘pini kiritishdi.

Shu tariqa, "Bavariya" ushbu jamoaga qarshi so‘nggi  5ta o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti — 3 mag‘lubiyat va 2 durang.

"Borussiya Myonxengladbax" ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 29 taga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Union Berlin" ushbu turda g‘alabaga erishsa, ochkolar bo‘yicha "Bavariya"dan o‘tib ketib, peshqadamga aylanish uchun imkoniyat mavjud. Shuningdek, "Borussiya Dortmund" myunxenliklarga yetib olishi mumkin.

Germaniya chempionati, 21-tur
Borussiya M – Bavariya 3:2 (1:1, 2:1)
Gollar: 1:0 – 13 Shtindl, 1:1 – 35 Shupo-Moting, 2:1 – 55 Xofmann, 3:1 – 84 Tyuram, 3:2 – 90 Tel.
Borussiya M – Omlin, Layner, Elvedi, Itakura, Bensebayni, Shtindl (Tyuram, 74), Kramer (Vaygl, 57; Yanchke, 90), Xofmann, Volf (Xerrmann, 90), Kone, Plea (Noyxaus, 74).
Bavariya – Zommer, Blind, Upamekano, Pavar, Goretska (de Ligt, 62), Kimmix, Gravenberx (Musiala, 46), Gnabri (Sane, 46), Shupo-Moting (Tel, 62), Myuller (Joau Kanselu, 16), Devis.
Ogohlantirishlar: Goretska (37).
Chetlatish: Upamekano (8).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:56, 18.02.2023.
O'qildi: 1925 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.