Ispaniya La ligasining yigirma ikkinchi turida amaldagi chempion “Real” “Osasuna”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikkala gol ham o‘yin oxirlarida kiritildi, 78-daqiqada Federiko Valverde o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Urugvaylik yarim himoyachi La Ligadagi 150-uchrashuvini munosib tarzda nishonladi.
Valverde "Real" safida chempionatda 126 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, "Deportivo" safida yana 24 ta bahsda ishtirok etgan.