"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandning agenti Rafaela Pimyenta norvegiyalik futbolchining bozor qiymati 1 milliard yevro ekanligini aytdi.
"Erling Xolandning transfer narxi hozirda 1 milliard yevroga teng. Men jiddiy gapiryapman, ishonchim komilki, u boshqa jamoaga shunchalik qimmatga tushadi", - dedi agent.
Xoland joriy mavsum boshlanishidan oldin "Manchester Siti"ga Dortmundning "Borussiya"sidan kelib qo‘shildi. Angliya Premyer-ligasida norvegiyalik futbolchi “shaharliklar” safida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.