Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

OCHL-2022: «Nasaf» tayyor emas ekan...

OCHL-2022: «Nasaf» tayyor emas ekan...

Baho:
+ | -

«Nasaf» Qatarda Saudiya Arabistonining «Al-SHabab» klubiga qarshi bahsda umidlarni oqlamadi - 0:2 va futbolimiz OCHL yakuniy qismida yana oddiy tomoshabin maqomida. Afsus.

Binobarin, futbolimiz «Nasaf» timsolida loaqal yana bir raundda ishtirokchi sifatida qolishini istagandik...

Tan olish kerak, Doxadagi «Al-Janub» stadionidagi o‘yinda Saudiya jamoasi har tomonlama kuchliroq ko‘rindi. Deylik, arablar Abduvohid Ne’matov darvozasi tomon 18 marta zarba yo‘llashdi va 7ta urinishlari aniq chiqdi. «Ajdarlar»da esa bu ko‘rsatkichlar 8/2ni tashkil etdi. Shuning o‘zi «Shabab» katta ustunlikka erishganini bildirib turibdi. Aslida «ajdarlar» o‘yinni yomon boshlashmadi, ammo 12-daqiqada raqibning markaz bo‘ylab amalga oshirgan hujumiga talab darajasida e’tibor qaratilmagani ortidan yuzaga kelgan rikoshet-gol umumiy manzarini keskin buzib tashladi. Oddiy aytganda, Husayn al Qahtoniy urgan tezkor gol «Shabab»ga xotirjamlik bag‘ishladi, «Nasaf»ga esa shoshma-shosharlik. Deylik, Oybek Bozorov qulay vaziyatda mo‘ljaldan adashdi. 

Ikkinchi bo‘limning taxminan 10-daqiqasiga kelib, argentinalik Ever Banega «Al-SHabab» xotirjamligini ikki hissa mustahkamladi. Albatta, Ro‘ziqul Berdiyev 0:2dan keyin tarkibda o‘zgarishlarga qo‘l urdi, ammo buning samarasi sezilmadi. Ayniqsa, maydon markazida o‘yinni boshqaradigan ijrochi topilmadi. Xullas, murabbiy o‘yindan ke­yin aytganidek, «Nasaf» bunday darajadagi o‘yinga hali tayyor emas ekan. 

«Al-SHabab» tarkibning umumiy bahosi bo‘yicha OCHLning eng qimmatbaho jamoasidir (39,8 million yevro). «Nasaf» esa 9,3 mln. yevroga teng umumiy summa bilan 1/8 finalchilar orasida 10-ko‘rsatkichga ega.

«Al-SHabab»ning eng qimmatbaho futbolchisi: Aaron Bupenza (8 mln. yevro)

«Nasaf»ning eng qimmatbaho futbolchisi: Husayn Norchayev (900 ming yevro)

«Nasaf» OCHL guruh bosqichidagi 2ta g‘alaba va 3ta durang ortidan 130 ming dollar ishlagandi. Agar «Al-SHabab»ni yengganida, OFK tomonidan yana 100 ming dollar mukofot puli olardi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:30, 20.02.2023.
O'qildi: 3161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.