Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

APL. "MYU" safida 1992 yildan beri eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa: Krishtianu Ronaldu bu ro‘yxatda yo‘q!

APL. "MYU" safida 1992 yildan beri eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa: Krishtianu Ronaldu bu ro‘yxatda yo‘q!

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" safida ko‘plab katta nomlar harakat qilgan. 1992 yilda APL tashkil topganidan buyon bu jarayon yanada yaqqon ko‘rinish berdi. Quyida "qizil iblislar" safida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilarni o‘z pozisiyasiga ko‘ra saralab chiqamiz.

Darvozabon: David De Xea

Ispaniyalik posbon klubning eng ko‘p xizmat qilgan vakiliga aylangandi. U 400 ta uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo‘lgan. De Xeaning so‘nggi bahsi "MYU"ga "Lester" ustidan g‘alaba qozonishga yordam berdi.

Chap qanot himoyachisi – Denis Irvin

Yetti marta APL g‘olibligiga erishgan Irvin, klub safida 296 marta harakat qilishga erishgandi. Bu borada unga eng yaqini 273 ta o‘yin bilan Patris Evra.

O‘ng qanot himoyachisi – Gari Nevill

Sobiq ingliz futbolchisi "MYU" bilan ligada 398 ta o‘yin o‘tkazgan. Nevill Angliyaning eng yaxshi himoyachisi sifatida e’tirof etiladi. Negaki, u jamoasi bilan sakkiz bor chempionlikni nishonlagan.

Markaziy himoyachi – Rio Ferdinand

Ferdinand "MYU" tarixidagi eng yaxshi markaziy himoyachi va shunga yarasha ko‘p o‘yinlarda ishtirok etgan. Uning APLdagi o‘yinlar soni 312 taga tengdir. Sobiq futbolchi, shuningdek, "Vest Xem" va "Lids" sharafini ham himoya qilgan.

Markaziy himoyachi – Jon O'Shi

Yarim himoyachi, qanot himoyachisi va markaziy mudofaa yuragi – O'Shi jamoasi uchun eng universal futbolchi edi. Irlandiyalik 257 ta bahsda klubga xizmat qiladi. U bu borada Vidich, Braun va Silvestrlarni ortda qoldirgan.

O‘ng qanot yarim himoyachisi: Devid Bekxem

Jarima zarbalari ustasi bo‘lgan afsona, ramziy terma jamoaning o‘ng qanotidan o‘rin oldi. Vinger APLda "qizil iblislar" bilan birgalikda jami 264 ta bahsda maydonga tushgan. Keyinchalik uning manzili "Real" bo‘lgandi.

Markaziy yarim himoyachi – Pol Skoulz

"MYU" tarixidagi eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilar ichida ikkinchi o‘rinni Skoulz egallaydi. U 1993 yildan 2011 yilga qadar jami 18 yil jamoasi uchun 466 ta o‘yin o‘tkazgandi.

Markaziy yarim himoyachi – Roy Kin

Skoulz bilan maydon markazida Roy Kin harakat qilgan. U jami 326 bahsda maydonga tushgan bo‘lib, 33 ta golga muallif bo‘ladi. 2005 yilda Kin jamoani tark etib, "Seltik"ka yo‘l oladi.

Chap qanot yarim himoyachisi – Rayan Giggz

Giggz bu jamoaga eng uzoq xizmat qilgan futbolchidir. U APL erasida 13 marta g‘alaba qozongan yagona vakil sanaladi. Klubning 632 ta bahsi, aynan uelslik afsona ishtirokida kechadi.

Hujumchi – Ole Gunar Sulsher

"Go‘dak yuzli qotil" APLda 235 ta o‘yin o‘tkazadi. Shulardan 84 tasini zaxira o‘rindig‘idan boshlangandi. Sulsher "MYU"ni uch yil davomida boshqargan.

Hujumchi – Ueyn Runi

Klubning rekordchi to‘purari 393 ta o‘yinda 183 ta golga mualliflik qildi. Runi jamoani beshta APL tituli yutishida o‘z hissasini qo‘shadi. U "MYU"ni eng yaxshi hujumchi sifatida tark etgandi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:38, 23.02.2023.
O'qildi: 2198 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.