Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Yevropa ligasi. Nimchorak final qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Yevropa ligasi. Nimchorak final qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

Yevropa ligasida 1/16 final bosqichi yakuniga yetib, keyingi bosqichda ishtirok etadigan 16ta jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Endi esa navbat nimchorak final qur’asiga.

Qachon va qayerda?
Yevropa ligasi nimchorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bugun — 24 fevral, juma kuni UYEFA qarorgohi joylashgan Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.

Kimlar ishtirok etadi?
Qur’ada 16ta jamoa ishtirok etadi: 8ta jamoa Yevropa ligasi guruh bosqichida 1-o‘rinni egallab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak final yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi; yana 8ta jamoa 1/16 final bosqich o‘yinlaridan keyin nimchorak finalga o‘tdi.

Guruhda 1-o‘rinni egallagan jamoalar (1-savatcha):
"Arsenal" (Angliya)
"Betis" (Ispaniya)
"Real Sosyedad" (Ispaniya)
"Feyenoord" (Niderlandiya)
"Fenerbaxche" (Turkiya)
"Ferensvarosh" (Vengriya)
"Frayburg" (Germaniya)
"Yunion" (Belgiya)

1/16 final bosqichidan o‘tgan jamoalar  (2-savatcha):
"Union" (Germaniya)
"Manchester Yunayted" (Angliya)
"Yuventus" (Italiya)
"Bayer" (Germaniya)
"Roma"(Italiya)
PSV (Niderlandiya)
"Shaxtyor" (Ukraina)
"Sporting" (Portugaliya)

Qur’a tartibi
Ikkinchi savatchadan jamoa tortiladi, so‘ngra 1-savatchadan ushbu jamoa raqibi aniqlanadi. Bu bosqichda bir mamlakat vakillari o‘zaro to‘qnash kelmaydi.

O‘yinlar
Ushbu bosqich ikkita o‘yindan iborat. Birinchi savatcha jamoasi javob uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazadi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, hisob teng bo‘lsa, qo‘shimcha bo‘limlar belgilanadi. Shundan keyin ham g‘olib aniqlanmasa, navbat penaltilar seriyasiga beriladi. Dastlabki o‘yinlar 9 mart, javob bahslari esa 16 mart kunlari o‘tkaziladi.

Keyin-chi?
G‘olib jamoalar chorak finalga yo‘l olishadi. Chorak final va yarim finalga qur’a tashlash marosimi 17 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Mag‘lub bo‘lgan jamoalar uchun yevrokuboklar mavsumi yakuniga yetadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:37, 24.02.2023.
O'qildi: 5475 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик