Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Grem Potter o‘rniga uch nomzod. Ular "Chelsi"da nimalarni o‘zgartirishi mumkin?

Grem Potter o‘rniga uch nomzod. Ular "Chelsi"da nimalarni o‘zgartirishi mumkin?

Baho:
+ | -

Potterning "Chelsi"dagi ahvolidan hozir hammaning xabari bor. U uchun bu davr oson kechmayapti. Jamoaning salbiy natijalariga qaramay, klub egasi Tod Byoli o‘ziga 22 million funtga tushgan murabbiyni ishdan olishga shoshayotgani yo‘q. Ayni damda bu jamoa so‘nggi beshta o‘yinda birorta ham g‘alaba qozona olgani yo‘q. Shu bahslarda faqat bittagina gol urgan xolos. APLda "Chelsi"ning 14 ta o‘yini faqat ikki g‘alaba bilan yakun topgan. Ushbu raqamlar oxir-oqibat klubni kuchli to‘rtlikdam ko‘ra, xavfli hududga yaqin qilib qo‘ydi. Ammo, ayni damda "Chelsi" uchun natijalardan ham ko‘ra, o‘ziga bo‘lgan ishonch muhimroq bo‘lib turibdi. Xo‘sh, Potter o‘rnida boshqa mutaxassislar yaxshiroq jamoa tuza oladimi? Bizningcha, bunday tarkib bilan ancha kuchli bo‘lish mumkin. Quyida murabbiylikka nomzodlar nomi haqida so‘z boradi.

Maurisio Pochettino

Omad va iqtidor bilan yo‘g‘rilgan neki futbolchi bo‘lsa, hammasi "Chelsi"ga keldi. Todd Byoli qimmat narxlarga yosh futbolchilarni sotib oldi. Ushbu o‘yinchilar yuqori texnikaga ega va ularni ko‘proq pressingda o‘ynatish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Yana nima deyish mumkin, bu tarkib Potterdan ko‘ra Pochettinoning orzusidagi jamoaga yaqinroqdir. Taqqoslash uchun keltiramiz, Potter tabiati Gvardiolanikiga juda ham o‘xshash. Pochettino esa Marselo Byelsaning sal mo‘’tadilroq variantidir.
Argentinalik mutaxassis maydonda o‘z shogirdlarini iloji boricha kamroq paslar orqali vertikal futbol o‘ynatadi. Nisbatan qarshi hujumlarga asoslangan, qanot futbolchilaridan ko‘p foydalanuvchi va moslashuvchan futbol, Pochettinoni ifoda etadi. Uning uslubi, shuningdek, kuchli pressing va imkon bo‘ldi deguncha to‘pni diagonallar orqali ochiq hududlarga oshirishni ko‘zda tutadi. Ris Jeyms, Mark Kukurelya Enso Fernandes, Kante, Sterling va Mudrik, yuqoridagi gaplarni maydonda aynan amalga oshirib berish uchun o‘ta mos futbolchilar. Pochettino ham o‘z navbatida "Chelsi"da yaxshi loyihaga asos sola oladi. U jamoaga kelsa, hatto Lukakuni ham qaytarib olib kelib, undan maqsadli foydalana oladi. Garchand uning "PSJ"dagi yulduzli futbolchilarga yo‘g‘rilgan tarkib bilan ishlari yurishmagan bo‘lsa ham, u ingliz futbolida bemalol istalgan jamoani qayta qurishga qodir bo‘ladi.

Zayniddin Zidan

Aytish mumkinki, Zayniddin Zidan Pochettinoning taktik jihatdan mutlaqo teskari versiyasidir. Ha, u "Real" maktabini ko‘rgan, u yerda gullab-yashnagan edi. Zidanda Anchelotti kabi har qanday o‘yinga futbolchilarni to‘g‘ri tanlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish qobiliyati mavjud. Biroq, unda bugungi zamonaviy APL talab qilayotgan, bahslarni mohirona boshqarish borasida muammolar bor. U ko‘proq "PSJ" mosroq. Chunki Zidan super-yulduzlar bilan qanday ishlashni yaxshi biladi. Ammo yangi qarash, yangi brend va innovasiya yaratish uchun Zidan varianti to‘g‘ri kelmaydi. Zidanga ko‘proq, jamoada yoshi katta va tajribali futbolchilar bo‘lgani yaxshi. Tiagu Silva, Kante va Kovachichlar u bilan yaxshi chiqishgan bo‘lardi. Xullas, tarkib pishib yetilgan bo‘lsagina, Zidan "Chelsi"da nimalargadir qodir bo‘ladi.

Luis Enrike

"Barselona" va Ispaniya termasida Enrike duch kelgan muammolar bisyor edi. U bu ikki jamoani to‘p nazoratiga asoslangan o‘yin bilan qabu qilib olib, futbolchilar qobiliyatiga ko‘ra, ularni vazifalantirib chiqqandi. Enrike ham to‘pni raqibdan kuchli pressing orqali olib qo‘yishni ma’qul ko‘radi. Ammo Pochettino va Enrike uslublarida farq bor. Ispaniyalik mutaxassis hujumchilariga ko‘proq improvizasiya qilishlariga imkon beradi. Xususan, u "Barsa"da Neymar, Messi va Suaresni hujumda bir-biriga o‘ta yaqin o‘ynatardi. U shu orqali futbolchilarni bir biri bilan maydondagi aloqalarini yaxshi ta’minlagan. Bu jihatdan olib qaraganimizda, usluban Enrikeni Pochettino va Potterning o‘rtasiga qo‘ysak bo‘ladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 21:10, 24.02.2023.
O'qildi: 4690 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.