Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Yevropaning top-5 chempionatlari klublari qishki transferlar uchun qancha pul sarfladi?

Yevropaning top-5 chempionatlari klublari qishki transferlar uchun qancha pul sarfladi?

Baho:
+ | -

APL klublari yaqinda yopilgan qishki transferlar bozorida jami 829 million yevro sarfladi.

Qolgan 4ta yetakchi liga (La Liga, Bundesliga, «A» seriya va Liga 1)ning umumiy xarajati bundan naq 3 barobar kam bo‘ldi. Ha, Angliya ligasi - futbolning moddiy yo‘nalishida mutlaq gegemon. Eslatma, Yevropaning aksariyat milliy chempionatlarida qishki transferlar bozori 1 fevral kuni rasman yopildi. Demak, endi oxirgi futbol bozori natijalarini sarhisob qilishimiz mumkin bemalol. Xo‘sh, Angliya, Germaniya, Ispaniya, Italiya va Fransiya chempionatlari elit ligalari klublari qishki savdolarda qanday karomat ko‘rsatdi?

Qishki bozorning asosiy fakti shu - APL klublarining jami xarajati qolgan 4ta top-liga ishtirokchilari sarflagan umumiy mablag‘dan naq 3 karra oshib ketdi. 1 fevral holati bo‘yicha aytsak, dunyo futbolining eng serxarajat 10ta ligasi ro‘yxatiga Yevropadagi 5ta yetakchi birinchilikdan tashqari, MLS (57,6 mln. yevro), Argentina chempionati (34 mln. yevro), Angliya Chempionshipi (28,3 mln. yevro), RPL (27,4 mln. yevro) va Portugaliya Primerosi (27,3 mln. yevro) kirdi. Diqqat, agar kuchli 10talik emas, balki 20talikni olsak ham, APL klublarining jami xarajati miqdori qolgan 19ta liganing umumiy ko‘rsatkichidan chamasi 250 million yevro ko‘pdir.

Aytish ham shart emas, Yevropaning kuchli 5ta ligasi klublari orasida qishki xarajat miqdori bo‘yicha «Chelsi» mutlaq rekordchi bo‘ldi - 320 mln. yevro. Qolgan 4ta kuchli chempionatda eng ko‘p chiqim «Marsel» (40 mln. yevro), «Borussiya» D. (13,5 mln. yevro), «Espanyol» (13,2 mln. yevro) va «Fiorentina» (12,5 mln. yevro) chekiga tushdi. To‘g‘ri, APL xarajati muayyan klublarning qishki bozorga faol kirishgani hisobiga mislsiz darajaga yetdi. Lekin superklublar orasida «Chelsi»dan tashqari, faqat «Arsenal» (60,3 mln. yevro) o‘zini eslatib qo‘ydi bozorda. Taqqoslash uchun keltirsak, azaliy saxiy klublar - «Manchester Siti», «MYU», «Tottenxem» va «Liverpul» birgalikda 64 «limon» sarfladi. Shu summaning ham katta qismi 1ta transferga to‘g‘ri keldi - «Liverpul» Kodi Gakpo uchun PSVga 42 mln. yevro to‘ladi. Yana bir e’tiborli fakt: APL turnir jadvalida o‘zini sira o‘nglolmayotgan «Sautgempton»ning bir o‘zi butun Bundesliga bilan deyarli teng miqdorda pul ajratdi qishki transferlarga (63 mln. yevro). APLning boshqa «oddiy»roq ishtirokchilari orasida ham katta chiqimga qo‘l urganlari bor: «Bornmut» - 56,2 mln. yevro, «Lids» - 41,2 mln. yevro, «Vulverxempton» - 38,5 mln. yevro.

Qishda qiymati 11 million yevrodan baland 37ta transfer amalga oshirildi. Shundan nechtasi Angliyadan tashqaridagi klublarga tegishli ekanligini topishga urinib ko‘ring bir... Ha, topolmadingizmi? Diqqat qiling, 37ta eng yirik transferdan atigi 6tasi APL­ga daxlsiz, xolos. Qishki bozorning eng qimmatbaho 19ta kelishuviga qarasak, 18tasi Angliya klublari bo‘ynida. Oddiy aytganda, top-19 ichiga kirgan birgina Vitinya Oliveyra (32 mln. yevro) Angliyaga emas, Fransiyaga yo‘l oldi («Braga» - «Marsel» yo‘nalishi bo‘yicha). Umuman, APL vakillarini chetga surib tursak, eng katta xarajat aynan «Marsel» hisobiga to‘g‘ri keladi. Diqqatni tortadigan tomoni, Liga 1da «PSJ»ga raqobat tug‘dirishga urinayotgan bu jamoada xarajat miqdori butun La Liga yoki «A» seriyanikidan ko‘proq bo‘ldi. Qishki savdo varaqasining umumiy ro‘yxatida esa, «Marsel» APLning atigi 7ta klubidan orqada qoldi.

G‘alati paradoks: Angliya elit ligasida tejamkor jamoalar ham bor. Misol uchun, «Brentford» bozorda atigi 1 million yevro sarfladi (Kevin Shade «Frayburg»dan ijara kelishuvi bo‘yicha olindi). «Everton» esa qishda hech qanday shartnoma tuzmagan Angliya­ning yagona klubi bo‘ldi. To‘g‘ri, «irislar»da bosh murabbiy almashdi. Boshqa ligalarda esa transferlarga bir tiyin ham ajratmagan jamoalar soni ancha ko‘p - Germaniyaning 4ta, Fransiyaning 9ta, Italiyaning 11ta va Ispaniyaning 13ta drujinasi tarkibni kuchaytirishga ehtiyoj sezgani yo‘q. «Ziqna»lar orasida «PSJ», «Monako», «RB Leypsig», «Real», «Barselona», «Sevilya», «Inter», «Napoli», «Yuventus», «Lasio» va «Atalanta» kabi katta klublar borligini alohida ta’kidlash joiz.

1 yil oldingi qish bozorida ham APL xarajat masalasida sezilarli farq bilan peshqadamlik qilgandi, ammo bu darajada emas. Ya’ni Angliya jamoalari jami 345 mln. yevroga teng ko‘rsatkich bilan «A» seriya (185 mln. yevro)ni deyarli ikki baravar ortda qoldirgandi. O‘shanda 3-yuqori natijani MLS ko‘rsatgan bo‘lsa, Rossiya Premyer-Ligasi 82 «limon»ga teng xarajat bilan 4-o‘rinni band etgan. Bu safar esa RPL 9-qatorni band etdi, bu yakuniy natija emas. Zero, Rossiyada qishki transfer oynasi hali ochiq va yana 7 million yevro sarflansa, RPL birdaniga 5-qatorga ko‘tariladi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 24.02.2023.
O'qildi: 1715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.