"Benfika"da ijara asosida o‘ynayotgan "PSJ" yarim himoyachisi Yulian Draksler mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi, deb xabar beradi Record.
29 yoshli germaniyalik yigit to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli operasiya qilindi.
Qayd etilishicha, Draksler Parijga qaytmaydi, biroq “Benfika” joylashgan joyda tiklanadi.
Joriy mavsumda u Portugaliya klubi safida 18ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan.
Drakslerning "PSJ" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 12 million yevroga baholamoqda.