Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 16:00 Vyetnam 2-0 Iordaniya
06/01 19:00 Saudiya Arabistoni 1-0 Qirg‘iziston
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar - BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

«Buxoro» yangi futbolchilarni tanishtirdi

«Buxoro» yangi futbolchilarni tanishtirdi

Baho:
+ | -

Kecha Buxoro shahridagi «Yoshlar markazi» san’at saroyida «Buxoro» jamoasi o‘z safiga qo‘shgan yangi  futbolchilarning tanishtiruv marosimini o‘tkazdi. Tadbirda Buxoro viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Hamrayev, BNQIZ direktori o‘rinbosari Jonibek Ziyayev, Buxoro sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Najmiddinov hamda Buxoro futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Farruh Hamroyev ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Mirali Muxammadjonovich so‘zga chiqib «Buxoro» Superligada munosib etishini, sovrinli o‘rinlar uchun kurashgan jamoaning tarixini tiklashimiz zarurligi haqida aytib o‘tib, 2023 yilgi futbol mavsumi futbol bayrami bilan barchani muborakbod etdi.

So‘ng jamoa bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o‘z nutqida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovga, BNQIZ direktori Akbar Fozilovga va jamoa rahbariyatiga qilingan shart-sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi hamda jamoa muxlislariga alohida rahmat aytdi. Shuningdek, murabbiy joriy mavsumda yorqin g‘alabalar bilan jamoa muxlislarini bahramand etamiz deb o‘z so‘zini yakunladi.

 Marosim yakunida yangi futbolchilarga quyidagi raqamli futbol liboslari tantanali ravishda topshirildi:

5 — Dilshod Jo‘rayev
9 — Aleksander Kasyan
25 — Abbos Otaxonov
27 — Ixtiyor Toshpo‘latov
70 — Aleksandar Stanisavlevich
80 — Farruh Ibragimov
88 — Vsevolod Nixayev

Shuningdek, "Buxoro" ro‘yxatida quyidagi futbolchilar joy olishgan:

13 Nikola Stoshich
20 Sardor Qobuljonov
4 Mirjalol Jumayev      
7 Jasur Azimov
10 Humoyunmirzo Iminov
11 Temur Ismailov
14 Rustam Abduxamidov     
15 Obid Jo‘raboyev
16 Jasur Hasanov
17 Jamoliddin Ubaydullayev
22 Ro‘zimboy Ahmedov
77 Fayzullo Jumanqo‘ziyev   
91 Asiljon Begimqulov.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 08:58, 26.02.2023.
O'qildi: 1950 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.