Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rafinya muzlatgichni tepgan jarohat olgani ma’lum bo‘ldi

Rafinya muzlatgichni tepgan jarohat olgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Rafinya "MYU"ga qarshi birinchi o‘yinda almashtirilganidan keyin norozi bo‘lgach jarohat olgandi.

Qanot futbolchisi 19 fevral kuni bo‘lib o‘tgan La Liganing 22-turidan o‘rin olgan "Kadis"ga qarshi o‘yinni (2:0) "Barselona"ning asosiy tarkibida boshlamadi, ammo 74-daqiqada maydonga tushdi. O‘shanda hamma Xavi "Manchester Yunayted"ga qarshi Yevropa ligasi pley-off bosqichi javob o‘yini oldidan Rafinyani saqlab qolgan deb taxmin qilgandi.

Biroq gap bunda emasdi, Rafinya "MYU"ga qarshi birinchi o‘yinda zaxiraga olinganidan keyin jarohat olgandi. O‘sha o‘yinda braziliyalik futbolchi gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi va 83-daqiqada Ferran Torresga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, zaxira o‘rindig‘iga ketayotganda Rafinya ichimliklar solingan muzlatgichni tepgan va shundan keyin tizzasida og‘riq sezgan. Shu sababli u "Kadis"ga qarshi o‘yinda "Barselona"ning asosiy tarkibiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lmadi.

26 yoshli vinger joriy mavsumda "Barsa" safida barcha turnirlarda 33 o‘yinda 7 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.

 

Kiritildi: 15:23, 26.02.2023.
O'qildi: 3396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик