Fransiya futbol federasiyasi rahbari Noel le Gre tez orada o‘z lavozimini tark etadi. Get French Football News nashri xabariga ko‘ra, u kelasi seshanba kuni o‘z lavozimini tark etadi.
Eslatib o‘tamiz, Noel le Gre 2011 yildan beri Fransiya futbol federasiyasi prezidenti hisoblanadi. U o‘tgan oyning boshida Zinedin Zidanning milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini egallash imkoniyatlari haqida yomon fikr bildirganidan keyin o‘z vazifasidan ozod etilgandi.
JCH-2022da Fransiya terma jamoasi final uchrashuvida Argentina termasiga yutqazib, ikkinchi o‘rinni egalladi.