"Atalanta" futbolchisi katta klublar nazarida turibdi. Xabarlarga ko‘ra, klubning 19 yoshli hujumchisi Rasmus Xoylunn "Arsenal", "Real" va "Yuventus" radariga tushgan.
Daniyalik futbolchi bu mavsumda 19 ta o‘yinda 6 ta gol urishga erishgan. Xususan, "Yuventus" yosh futbolchini Dushan Vlaxovich o‘rnini egallaydi deb umid qilmoqda.