Angliya chempionatining yigirma beshinchi turidan o‘rin olgan bahsda «Tottenxem» o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi.
Ulardan birinchisi Oliver Skipp tomonidan kiritildi, ma’lum bo‘lishicha, u «Tottenxem» uchun o‘zining birinchi golini urdi va bu 67-uchrashuvda sodir bo‘ldi.
Skipp Angliya premyer-ligasida «shporlar» uchun gol urgan 160-futbolchiga aylandi. «Tottenxem» navbatdagi bahsni «Vulverxempton»ga qarshi o‘tkazadi.