Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Manchester Yunayted» — Angliya liga kubogi sohibi!

«Manchester Yunayted» — Angliya liga kubogi sohibi!

Baho:
+ | -

Angliya liga kubogi final uchrashuvi yakuniga yetdi. Sovrin uchun «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» jamoalari Londondagi «Uembli» stadionida saf tortishdi.

Bahsning 32-daqiqasida "qarg‘alar" hisobni ochishga juda yaqin kelishdi, ammo Sen-Maksimen tomonidan yo‘llangan zarbani David de Xea qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan bir daqiqa o‘tib esa mankunianliklar hisobni ochishdi. O‘ng qanotda belgilangan jarima zarbasini Lyuk Shou amalga oshirdi. Kazemiro bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 6 daqiqa o‘tib "MYU" ikkinchi to‘pni ham raqib darvozasiga kiritdi. Aniqrog‘i, Botman o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi: Reshfordning zarbasidan keyin to‘p himoyachiga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va to‘rga borib tushdi.

Taym oxirida har ikki jamoadan bittadan yaxshi imkoniyat bo‘ldi, ammo tanaffusgacha hisob o‘zgarmay qoldi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Joelinton hisobdagi farqni qisqartirishi mumkin edi, biroq uning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini himoyachi qaytarib qoldi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan Joelinton yana bir imkoniyatga ega bo‘ldi, bu safar esa De Xea qutqardi.

Shu tariqa, Erik ten Xag jamoasi Angliya liga kubogini qo‘lga kiritdi.

Angliya liga kubogi, final
Manchester Yunayted – Nyukasl 2:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 33 Kazemiro, 2:0 – 39, avtogol Botman.
Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot (Uan-Bissaka, 46), Varan, Martines, Shou, Kazemiro, Fred (Zabitser, 69), Brunu Fernandesh, Vegorst (Maktomini, 70), Reshford, Antoni (Sancho, 83).
Nyukasl – Karius, Trippyer, Sher, Botman, Bern, Bruno Gimaraes (Uillok, 79), Longstaff (Isak, 46), Almiron, Uilson, Sen-Maksimen (Merfi, 78), Joelinton.
Ogohlantirishlar: Diogu Dalot (9), Fred (37), Joelinton (45), Kazemiro (87).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:34, 26.02.2023.
O'qildi: 2791 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик