Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ibrahimovich: "Dunyoning eng yaxshi futbolchisi - Zlatan!"

Ibrahimovich: "Dunyoning eng yaxshi futbolchisi - Zlatan!"

Baho:
+ | -

“Milan” hujumchisi Zlatan Ibrahimovich 41 yoshda bo‘lishiga qaramay, o‘zini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb bilishini aytdi.

"Dunyoning eng yaxshi futbolchisi - Zlatan! Men ajoyib formada bo‘lganimda, men dunyodagi eng yaxshisiman. Men hazillashmayman. Agar o‘sha saviyada o‘ynashda davom etsam, u holda yana bir yil "Milan"da qolaman. Yana bir necha yil o‘ynashni rejalashtiryapman", - dedi Zlatan DAZN bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, "Atalanta"ga qarshi o‘yinda Zlatan zaxiradan maydonga tushgandi. Bu o‘yin uning 280 kun ichida birinchisi bo‘ldi.

Ibrahimovich milanliklar safida 2020 yilning yanvaridan beri o‘ynamoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:29, 27.02.2023.
O'qildi: 2115 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик