Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

U-20 Osiyo kubogi — bilishimiz kerak bo‘lgan muhim faktlar

U-20 Osiyo kubogi — bilishimiz kerak bo‘lgan muhim faktlar

Baho:
+ | -

Chorshanba kuni OFK U-20 turniri start oladi. Ilgari Osiyo U-19 chempionati nomi bilan atalgan musobaqa besh yildan so‘ng yana qaytdi. Osiyoning o‘sib borayotgan iqtidorlari ushbu musobaqada o‘z mahoratlarini namoyish etishadi.

Quyida musobaqaga oid ayrim faktlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Indoneziya - 2023

Musobaqa so‘nggiga qadar yetib borgan eng yaxshi 4 ta jamoa FIFAning U-20 Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Bu turnir Indoneziyada bo‘lib o‘tadi.

O‘yin maydonlari

O‘yinlar ikki shahardagi to‘rtta stadionda – «Bunyodkor», «JAR», «Lokomotiv» (barchasi Toshkent) va «Istiqlol» stadionlarida (Farg‘ona) o‘tkaziladi.

Buzilmas himoya

Eron Islom Respublikasi, Yaponiya va Saudiya Arabistoni saralash bosqichi davomida o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi.

Eng ko‘p gol

Yaponiya saralash bosqichida eng ko‘p gol urgan jamoaga aylandi. «Kunchiqar yurt» vakillari 22 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

To‘xtatib bo‘lmas hujum

Iordaniya jamoasi Shimoliy Mariana orollari darvozasiga javobsiz 16 ta gol urib, saralash bosqichi davomida bitta o‘yinda urilgan eng ko‘p gol muallifiga aylanishdi.

To‘purarlar

Eronlik Amir Ibrohimzoda hamda koreyalik Li Yon Jun saralash bosqichida har biri 6 tadan gol urgan holda Toshkentga yetib kelishdi. O‘zbekistondagi turnirga yaponiyalik Kanta Chiba yetib kela olmadi. Birgina unda ko‘proq (9 ta gol) gol bor edi.

Gol mashinasi

Yuqorida tilga olingan Amir Ibrohimzoda Bruney ustidan 8:0 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda o‘z jamoasining beshta goliga mualliflik qildi. Bu esa saralash bosqichlaridagi bir o‘yin uchun eng yaxshi natija hisoblanadi.

Stabil goleadorlar

Koreya Respublikasidan Li Yon Jun, iordaniyalik Abu Taxa va indoneziyalik Rabbani Tasnim saralash bosqichida o‘z mamlakatlari uchun har bir o‘yinda gol urib kelishgan.

Chempionlar

Saudiya Arabistoni amaldagi chempion bo‘lsa, yana yettita mamlakat ushbu turnirni yutgan. Xitoy, Iroq, Eron Islom Respublikasi, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Suriya va Qatar tarixida musobaqa kubogi mavjud.

Koreya Respublikasi 12 ta chempionlik unvoniga ega bo‘lgan holda turnirda eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa hisoblanadi.

Kiritildi: 22:26, 27.02.2023.
O'qildi: 3580 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.