Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Xavi: Agar "Almeriya"ni mag‘lub etganimizda La Liga tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatgan bo‘lardik"

Xavi: Agar "Almeriya"ni mag‘lub etganimizda La Liga tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatgan bo‘lardik"

Baho:
+1 | -

Xavining fikricha, "Barselona"ning bu mavsumdagi muvaffaqiyati yetarlicha baholanmagan.

"Barselona" bosh murabbiyi "Real"ga qarshi Ispaniya kubogi yarim finali oldidan bu haqda fikr bildirdi.

"Bizda oltin imkoniyat bor. Bu bizning mentalitetimiz. Shu paytgacha biz yaxshi kurashdik, "Real"ga qarshi ham shunday qilamiz. "Barselona" bizning o‘yin modelimizni ko‘rsatmoqchi. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz.

Men klubni va uning atrofidagi muhitni yaxshi bilaman. Tanqid qayerdan kelganini tushunaman. Bu menga ta’sir qilmaydi. Umid qilamanki, mavsumni ajoyib o‘tkazayotgan futbolchilar ham. Agar "Almeriya" ustidan g‘alaba qozonganimizda, 23-turdan keyin La Liga tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatgan bo‘lardik. Bu haqda kam aytilgan.

Biz ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy berdik. Lekin biz yaxshi holatdamiz", - dedi Xavi.

Bugun, 2 mart kuni tunda Ispaniya kubogi yarim finalida “Real” va “Barselona” jamoalari “Santyago Bernabeu”da o‘ynaydi. Javob o‘yini 5 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:50, 02.03.2023.
O'qildi: 1316 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик