Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Ten Xag: "Men har doim g‘alaba qozonishimiz mumkinligini his qilganman"

Ten Xag: "Men har doim g‘alaba qozonishimiz mumkinligini his qilganman"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag o‘z shogirdlarining Angliya kubogi 1/8 finalida "Vest Xem" ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:1) keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuvning 77-daqiqasiga kelib "mankunianliklar" 0:1 hisobida ortda borishayotgandi, ammo qolgan vaqtlarda uchta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

"Bu oson emas edi. Bayramdan keyin oddiy ishga qaytish oson emas, lekin biz g‘alaba qozonish yo‘lini topdik.

Menga eng muhimi bu jamoaning chidamliligi va g‘alaba qozonishimizga bo‘lgan ishonchi yoqdi. Bu nafaqat maydonda, balki zaxira o‘rindig‘ida ham ajoyib xarakterning namoyonidir. Ular bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydilar, bir-biriga kuch bag‘ishlaydilar va birgalikda to‘g‘ri impuls yaratadilar. Umid qilamanki, bu davom etadi, chunki bizga yaxshi ruh kerak.

O‘tkazib yuborilgan goldan keyin g‘alabaga ishondimmi? Men har doim g‘alaba qozonishimiz mumkinligini his qilganman. Bu o‘yindan, xotirjamligimizdan bilindi - vahima yo‘q! Kazemironing bekor qilingan goli bizga biroz omadsizlik olib keldi, bu gol o‘yindan tashqari holat tufayli bekor qilindi, ammo keyin ko‘proq gol urish uchun imkoniyatlar topdik.

Biz qo‘shimcha vaqtdan qochdik va bu jamoani formada ushlab turishga yordam berdi. Yana 30 daqiqa o‘ynashimiz shart emasligidan xursandman, chunki to‘rt kundan keyin yana bir o‘yinimiz bor. Biz o‘yindan o‘yinga o‘tamiz va keyingisi eng muhimi.

Tribunaning qo‘llab-quvvatlashi? Muxlislarimiz bilan hamjihatmiz, bu g‘alabalarni birgalikda yaratamiz. Lekin buni bizdan boshlash kerak, jamoa kuch ko‘rsatishi va uchrashuvlarda ustunlik qilishi kerak. Stadion va muxlislarimiz esa bu energiyani ko‘paytirib, futbolchilarga qaytaradilar. Demak, bu katta farq qiladi" - dedi Ten Xag o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Kiritildi: 12:59, 02.03.2023.
O'qildi: 1324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик