Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

"Manchester Yunayted"ning narxi qancha? Xaridorlar haqida bilasizmi?

"Manchester Yunayted"ning narxi qancha? Xaridorlar haqida bilasizmi?

Baho:
+ | -

 Futbol olamidagi katta savdo jarayoni davom etmoqda. Gleyzerlar "Manchester Yunayted" uchun 6-7 milliard dollar so‘rashmoqda.

The Guardian xabariga ko‘ra, Gleyzerlar "MYU"ni sotishga tayyor, ammo murosa aynan qanday bo‘lishi sirligicha qolmoqda. Olti oila a’zosining har biri kelishuv bo‘yicha o‘z rejalariga ega.

"MYU" qancha turadi?

Financial time gazetasi "Manchester Yunayted"ning qiymatini baholagan katta taqdimotni e’lon qildi. Ularning hisoblashlaricha klub narxi 4,5 milliard dollarni tashkil etadi.

Nimalarga e’tibor qaratish kerak? "Old Trafford" va "Manchester Yunayted" mashg‘ulotlar maydonini qayta qurish taxminan 1,5 milliard funt sterlingga tushadi. Bu yangi egasi, albatta, duch keladigan xarajatlardir. Ular MYUning narxiga kiritilmagan. Klubning moliyaviy ahvoli normal. 2016/17 yilgi mavsumda "Yunayted" futbol bo‘yicha Yevropadagi barcha savdolardan (chiptalar, tovar va boshqalar) eng yuqori daromadga ega bo‘ldi. Efirlarga bo‘lgan huquqlar ham qimmatlashdi - asosiy daromad manbai, hozir u eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. Albatta, kovid pandemiyasining salbiy ta’siri va yomon natijalar ("Yunayted" har doim ham Chempionlar ligasida qatnashmagan) ham hisobga olinishi kerak.

Deloitte auditorlik firmasi ma’lumotlariga ko‘ra, "Yunayted"ning yillik daromadi 593 million funt sterling bo‘lgan, Yevropa top-klublarining o‘rtacha daromadi 409 million funt sterlingga teng. 2021/22 yilgi mavsumda ham jamoa APLda bor-yo‘g‘i oltinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa ham, klub daromad bo‘yicha kuchli to‘rtlikdan faqat “Man Siti”, “Real Madrid” va "Liverpul"dan ortda qoldi.
C&P Capital IQ ma’lumotlariga ko‘ra, klubning EBITDA (soliqlar, foizlar, amortizasiya va amortizasiyadan oldingi daromad) hozirda 2023 yil iyunigacha prognoz qilinganidan taxminan 28 baravar yuqori. Bu so‘nggi 10 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri: taraqqiyot boshqa klublar bilan solishtirganda ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanmoqda (masalan, Dortmundning "Borussiya"si prognoz qilingan EBITDA ko‘rsatkichidan 4 marta, "Yuventus"da esa 7 marta). Shu bilan birga, operasion xarajatlar, birinchi navbatda, futbolchilarning maoshi o‘sishda davom etmoqda. 

Sof qarz so‘nggi yillarda o‘sib bormoqda. Qolaversa, u dollarda ifodalangan, klub daromadining katta qismi esa funt sterlingda hosil qilingan. Britaniya valyutasining kursi esa 2021 yil iyun oyidan beri dollarga nisbatan 15 foizga tushib ketdi.

4,5 milliard dollar - bozor kapitallashuvi va sof qarzga asoslangan taxminiy narx.

Xaridorlar qancha taklif qilishmoqda?

Hozircha ikkita taklif bor va ikkalasi ham 5 milliardga yetmaydi: Qatar shayxi Tamim bin Hamad Al Tani 4,5 milliard bermoqchi, britaniyalik milliarder Jim Retkliff esa undan ham kamroq.
• Shayxning qiziqishi haqiqatan ham jiddiy, ma’lumotni turli manbalar tasdiqlaydi - Daily Mail'dan tortib The Guardian'gacha. Jurnalist Mayk Kiganning yozishicha, qatarlik sarmoyadorlar Erik Ten Xag istagan transferlarga katta miqdorda mablag‘ kiritishni rejalashtirmoqda. Kiganning ta’kidlashicha, qatarliklar "Manchester Yunayted" infratuzilmasiga: "Old Trafford"ni rekonstruksiya qilishga yoki hatto yangi stadion qurishga sarmoya kiritishga tayyor.

Qatarlik sarmoyadorlar avval potensial xaridor sifatida paydo bo‘lgan, ammo keyin ular faqat "Manchester Yunayted"ning ulushini olishni xohlashgan. Endi ular butun klubni sotib olishga qaror qilishdi - va yuqori narx ular uchun muammo bo‘lmaydi.

• Al Tanining raqibi milliarder Jim Retkliff, ko‘pmillatli kimyo kompaniyasi Ineos egasi va Mersedes Formula 1 jamoasining bosh homiylaridan biri. Uning boyligi 15 milliard funt sterlingga baholangan - u Buyuk Britaniyaning eng boy odami hisoblanadi. 2022 yil sentyabrida uning jamoasi haydovchisi Lyuis Xemilton unga sarmoya kiritishga tayyorligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. May oyida, BBS xabariga ko‘ra, Retkliff "Chelsi"ni sotib olish istagi borligini ma’lum qilgan va noyabrda Financial times gazetasi "Liverpul"ni tadbirkor tomonidan sotib olinishi mumkinligi haqida yozgan, keyinroq Retkliffning o‘zi buni rad etgan.

Muhim nuanslar: sport klublarini baholash qiyin

Ba’zi ekspertlarning fikricha, Gleyzerlar yetarli miqdorni so‘ramoqda. Ularning fikricha, boshqa tahlilchilar "Manchester Yunayted" muxlislari bazasini qadrlashmaydi. Klub butun dunyo bo‘ylab 1,1 milliard muxlisga ega ekanligini ta’kidlaydi va Raine asoschilaridan biri (kapital bozorlarida ishlaydi) Jo Ravich ularning yarmiga yaqini Osiyoda ekanligini aytgan. "Yunayted"ning ijtimoiy tarmoqlarda 213 million obunachisi bor.

Sheffild Hollam universitetining sport moliyasi bo‘yicha o‘qituvchisi Den Plumli brendning muxlislar bazasi kattaligi va yangi raqamli daromad olish imkoniyatlaridan kelib chiqib, kamida 4 milliard dollarga baholanganiga ishonadi. Har qanday taklif aktivning o‘ziga xosligi tufayli ushbu darajadan yuqori bo‘lishi kerak, dedi Plumli.

Gleyzerlar muxlislar bazasi salohiyatini yanada yuqoriroq baholashlari mumkin.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 22:59, 02.03.2023.
O'qildi: 3060 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.