Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Ana, xolos! Alamzada fanatga o‘z o‘rnida javob (video)

Ana, xolos! Alamzada fanatga o‘z o‘rnida javob (video)

Baho:
+ | -

YEL 1/16 finalidan o‘rin olgan PSV - «Sevilya» o‘yini 2:0 hisobida yakunlandi.

Biroq Lyuk de Yong va Fabiu Silva tomonidan urilgan gollar mashhur Ruud van Nestelroy boshqaruvidagi Eyndxoven klubining keyingi raundga chiqishi uchun yetarli bo‘lmadi. Chunonchi, andalusiyaliklar o‘z maydonlaridagi dastlabki o‘yinda 3:0 hisobini qayd etishgandi. Javob bahsi esa bitta noodatiy vaziyat bilan ham muhokamalar markaziga tushdi.

Gap shundaki, Eyndxovendagi «Filips» stadionida o‘tgan o‘yin yakunida «Sevilya» darvozaboni Marko Dimitrovich nafaqat mezbon jamoa hujumlari, balki maydonga bostirib kirgan muxlis hamlasiga ham duch keldi. Ta’kidlanishicha, alamzada fanat to‘g‘ri 31 yoshli kiper tomon yugurib, unga ortidan musht tushirgan. To‘g‘ri, Marko bunga o‘rnida reaksiya bildirib, tartibbuzar muxlisni chiroyli usulda maydonga qulatdi. Yakunda stadion xodimlari xovliqmani chetga olib chiqib ketishdi.

Serbiyalik kiper o‘yindan so‘ng o‘z xatti-harakatini oddiy izohladi: «Futbol o‘yinida bunday holatlar kuzatilishi juda yoqimsizdir. Har holda, futbolchi maydonda xotirjam o‘ynashi kerak. Tartibsiz fanatni jazolashlaridan umidvorman. U qo‘qqisdan ortimdan turtib yubordi. Menimcha, natijadan g‘azablangan bo‘lsa kerak. Boz ustiga, meni urishga urindi, shuning uchun xavfsizlik xodimlari yetib kelishlariga qadar uni bosib turishdan o‘zga choram qolmadi». Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha muxlis maydonga mast holatda tushgan ekan.