Yanvar oyida safdan chiqqan jazoirlik himoyachi Ismoil Bennaser "Milan" mashg‘ulotlariga qaytishga tayyor. U jarohatidan forig‘ bo‘ldi va umumiy dastur bilan mashg‘ulotlarga kirishdi.
Bu haqda Bennaser shaxsan ijtimoiy tarmoqlarda yozgan. "Men qaytdim, har qachongidan ham ko‘proq motivasiyaga egaman", - dedi jazoirlik futbolchi.