Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

O‘zbekiston va Qirg‘iziston futbol ligalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston futbol ligalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Qirg‘iziston Professional futbol ligasi ijrochi direktori Kanat Asenov hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan U20 Osiyo kubogi doirasidan o‘rin olgan Qirg‘iziston U20 hamda Saudiya Arabistoni U20 termalari o‘yini oldidan tashkil etilgan uchrashuvda har ikki mamlakat professional futbol klublari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan Liga kubogi musobaqasi yuzasidan fikr almashildi.

Ma’lumot uchun, 2022 yilda Liga vakillari Tojikistonning Dushanbe shahrida Tojikiston ligasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Rejaga ko‘ra, shu yilning kuz oyida mavjud bo‘lgan FIFA kunlari doirasida klublar ishtirokida xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etilishi mumkin. Bu bora-bora rasmiy musobaqaga asos solinishi uchun xizmat qiladi.

Tez orada O‘zbekiston Professional futbol ligasi o‘z taklifini Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston ligalariga taqdim etishni rejalashtirgan. O‘z navbatida barcha ligalar bu borada klublar bilan fikr almashishi ko‘zda tutilgan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:22, 03.03.2023.
O'qildi: 1816 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик