Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Bunyodkor»ning yangi futbolchilariga liboslar topshirildi

«Bunyodkor»ning yangi futbolchilariga liboslar topshirildi

Baho:
+ | -

Bugun jamoa qarorgohida «Bunyodkor» futbol klubi direktori Sherzod Haqberdiyev yangi mavsum oldidan asosiy tarkib a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda yangi mavsumga tayyorgarlik, amalga oshirilgan ishlar, tashkiliy masalalar haqida so‘z bordi. Tadbir yakunida jamoaga qo‘shilgan futbolchilarga yangi mavsum uchun liboslar topshirildi.

Sherzod Murodovich tadbir avvalida jamoa a’zolariga «Bunyodkor» futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullayevning so‘zlarini yetkazar ekan, rahbarimiz doimo jamoa bilan hamnafasligini ta’kidladi. O‘z navbatida futbolchilar nomidan so‘zga chiqqan sardorimiz Davronjon Ergashev klub prezidentining ishonchi va daldasini o‘yinchilar doimo xis qilishini, yaratib berilayotgan sharoitlarga javob tariqasida faqat g‘alaba qozonish lozimligini ma’lum qildi. «Albatta mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazib, bizga ishongan rahbariyat va muxlislarimizga munosib sovg‘a taqdim qilamiz», deya o‘z fikrlarini bildirdi jamoamiz sardori.

Jamoa ustozi Murod Otajonov ham yangi mavsumga tayyorgarlik haqida so‘z yuritar ekan, barchasi reja asosida olib borilgani, tarkib va o‘yin yetarlicha shakllantirilganini aytib o‘tdi. Murod Nodirovich jamoa yangi mavsumga tayyor ekanligini ta’kidlab, murabbiylar shtabi va futbolchilar rahbariyatning bildirgan ishonchini oqlash uchun astoydil mehnat qilishlarini ma’lum qildi.

Ta’kidlaganimizdek, tadbir yakunida yangi mavsum avvalida jamoamiz safiga kelib qo‘shilgan futbolchilar – Doniyor Abdumannopov, Shohruh Abdurahmonov, Amal Uvraimov, Ahmadjon Anvarov, legionerlar Igor Ivanovich, Aleksey Nosko, Viktor Sotnikauga yangi mavsum liboslari topshirildi. Demak, yangi «qaldirg‘ochlar» 2023 yilgi mavsumda quyidagi raqamlarda to‘p suradi:

Doniyor Abdumannopov – 33
Shohruh Abdurahmonov – 8
Amal Uvraimov – 21
Ahmadjon Anvarov – 14
Igor Ivanovich – 11
Aleksey Nosko – 2
Viktor Sotnikau – 17

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:49, 03.03.2023.
O'qildi: 1523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик