Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Ispaniya kubogi. Yarim finaldan o‘rin olgan «el-klasiko»dagi raqamlar va faktlar

Ispaniya kubogi. Yarim finaldan o‘rin olgan «el-klasiko»dagi raqamlar va faktlar

Baho:
+ | -

Ispaniya Kubogi yarim finalining birinchi o‘yinida “Barselona” “Real” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“Barselona” “Real” maydonidagi Ispaniya Kubogi doirasidagi bahslarda mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Madridliklar so‘nggi bor o‘z maydonida “ko‘k-anorranglilar”ni 1970 yilgi musobaqaning chorak finalida mag‘lub etgandi. Shundan buyon 3 ta o‘yinda kataloniyaliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana 3 o‘yinda durang natija qayd etilgan.  

Shuningdek, “Real” joriy mavsum ilk bor “Santyago Bernabeu”da mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Bunga qadar Karlo Anchelotti shogirdlari 11 ta o‘yinda zafar quchgan va 3 ta durang qayd etgandi.

“Qaymoqranglilar” “Barselona” darvozasi tomon 13 ta zarba bergan va ularning hech biri aniq bo‘lmagan. Xavi shogirdlarida esa 4 ta zarba va ularning 2 tasi darvoza tomon borgan.

“Real”ning to‘pga egalik qilish ko‘rsatkichi 64,7% bo‘lgan bo‘lsa, “Barselona”niki 35,3%. Madridliklar uchun bu 2013/14 yilgi mavsumdan keyingi eng yuqori ko‘rsatkich.

“Barselona” so‘nggi 4 ta “El-klasiko”ning 3 tasida g‘alaba qozondi. Bunga qadar Kataloniya jamoasi Ispaniya Superkubogida 3:1 hisobida zafar quchgandi va o‘tgan mavsum La Liga doirasida madridliklar ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. “Real” esa bu orada oktyabr oyidagi Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan bahsda 3:1 hisobida raqibidan ustun kelgan.

Kataloniyaliklar Robert Levandovski ishtirok etmagan 6 o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan. Polshalik hujumchi jarohati sabab Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki o‘yinini o‘tkazib yubordi.

Xavi va Karlo Anchelotti qarama-qarshiligida ispaniyalik mutaxassis ustun kelmoqda. Murabbiylar o‘zaro 5 marta to‘qnash keldi va shundan 3 tasida Xavi jamoasi (4:0, 3:1 va 1:0) g‘olib bo‘lgan. Ikkita o‘yinda (2:3, 1:3) Karlo Anchelottining qo‘li baland kelgan.

Xavi “Santyago Bernabeu” stadionida futbolchi hamda murabbiy sifatida 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ispaniyalik mutaxassis 1998 yildan 2015 yilga qadar “Barselona” futbolchisi sifatida faoliyat olib borgan va 2021 yildan buyon “ko‘k-anorranglilar”ning ustozi sifatida ishlab kelmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:00, 03.03.2023.
O'qildi: 4214 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик