Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Firmino "Liverpul"ni tark etishi juda achinarli

Firmino "Liverpul"ni tark etishi juda achinarli

Baho:
+ | -

Braziliyalik futbolchi Yurgen Klopp uchun ajralmas futbolchi edi. U bo‘lmaganida klub bunchalik ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritmagan bo‘lardi.

Roberto Firmino joriy mavsum oxirida "Liverpul"ni tekinga tark etadi. Braziliyalik futbolchi shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi, chunki u hayoti va faoliyatida yangilik qilmoqchi. Bu haqda Sky Sports Germany jurnalisti Florian Plattenberg yozdi. Manbaning ishonchliligiga shubha yo‘q, chunki Plettenberg Manening "Bavariya"ga o‘tishi haqida birinchi bo‘lib xabar bergan edi.

Hujumchi bu mavsumda asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lishni to‘xtatdi, chunki u qaridi va biroz fotmadan chiqqdi. Roberto sakkiz yilni "Enfild"da o‘tkazdi. 2015 yilning yozida mersisaydliklar rahbariyati “Xoffenxaym”ga futbolchi uchun 40 million yevro to‘laganida, 23 yoshli hujumchi klub afsonasiga aylanishini hech kim tasavvur qila olmasdi.

Bobbi ("Liverpul" muxlislari Firminoni shunday atashadi) klubdagi sakkiz yillik faoliyati davomida 7 ta sovrin yutgan va shu kungacha 352 ta o‘yin o‘tkazib, 107 ta gol urgan va 78 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ammo sovrinlar va statistikadan ham muhimi shundaki, ushbu sakkiz yil ichida "Liverpul"da bunchalik aql-zakovat, texnika va ko‘p qirralilikni o‘zida birlashtirgan boshqa futbolchi bo‘lmadi(Saloh bundan mustasno, albatta). Firmino ko‘p mavsumlarda Yurgen Klopp uchun ajralmas futbolchi bo‘lib kelgan.

Aql-idrok va o‘yinni tushunish tufayli Bobbi qolgan sheriklarga qachon bosimga o‘tish kerakligini ko‘rsatdi va o‘zi ham Saloh va Mane gol urishi uchun raqib himoyachilarini ko‘p chalg‘itar edi.

"Liverpul"ning sobiq o‘yinchilaridan biri o‘z vaqtida The Athletic nashriga anonim tarzda Klopp jamoasining kuchi haqida gapirib berdi: "Firmino himoyachilarni maydonning ular bo‘lishni istamaydigan qismiga olib boradi. Agar siz unga haddan tashqari ergashsangiz, Mane va Saloh darhol orqangizdagi bo‘sh joydan foydalanishadi. Bobbi ikkita o‘yinchini birlashtiradi. U "Liverpul"ni maydonda qo‘shimcha futbolchiga o‘xshatib qo‘ydi".

U hech qachon "Liverpul"ning asosiy yulduzi hisoblanmagan, ammo deyarli barcha sakkiz yil davomida u ajralmas bo‘lib qoldi. Buni Jorgino Veynaldum jamoasi 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan "Barselona"ga qarshi birinchi yarim final o‘yinidan keyin yaxshi ta’riflagan. Firmino jarohati tufayli o‘yinda ishtirok etmadi va Veynaldum hujumchi pozisiyasini egalladi: “O‘yindan keyin Robertoni yanada hurmat qildim. Men uning hujumchi sifatidagi ishini avval ham hurmat qilgandim, lekin o‘sha uchrashuvda yanada chuqurroq tushundim. Biz u bilan "Barselona" o‘yinidan keyin gaplashdik va men uni butun mavsum davomida hujumchi sifatida o‘ynagani uchun qanchalik minnatdor ekanligimni aytdim”.

Virjil van Deyk Firminoni o‘zi birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi deb atagan. Yurgen Klopp esa Saloh va Manedan farqli o‘laroq, braziliyalikni har kuni jahon darajasidagi futbolchi ekanligini aytdi. Ammo uning ahamiyatini eng yaxshi ta’riflagan Piter Krauch edi: "Firmino - mukammal sherik. U Premyer-liganing eng yaxshi hujumchisi. Saloh va Mane juda ko‘p gol urishdi, chunki ularda shunday sherik bor.”

Kiritildi: 23:58, 03.03.2023.
O'qildi: 4674 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик