Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Luisma Ernandes: «Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqaramiz»

Luisma Ernandes: «Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqaramiz»

Baho:
+ | -

Superliganing 1-turidan o‘rin olgan «Metallurg» — «Neftchi» uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida
— Mavsum endi boshlandi. Mavsumoldi tayyorgarlik qolgan jamoalarga qaraganda boshqacharoq bo‘lgani o‘yinda yaqqol aks etdi, sababi raqib jamoaning ritmiga qaraganda bizning ritm pastroq edi. Shunga qaramasdan, qo‘ldan kelgancha harakat qildik. Birinchi bo‘limni oladigan bo‘lsak, o‘z xatolarimiz tufayli ikkita gol o‘tkazib yubordik. Xatolarni tuzatish maqsadida oldinga qarab harakat qildik. Bizda ham xavfli vaziyatlar yuzaga keldi, ammo ular gol bilan yakunlanmadi. Agarda hujumlarimiz yakuniga yetganda, muvozanatni to‘g‘rilashga harakat qilardik. Ikkinchi bo‘limda ham yuqori tempda o‘yin namoyish etishga va hisobgni tenglashtirishga harakat qildik. Uchinchi gol o‘tkazib yuborilgach, ayrim futbolchilar emosional tarafdan o‘zlarini nazorat qila olmaganidan biroz xafa bo‘ldim. Mag‘lubiyatga qaramasdan, futbolchilarga va ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman.

— O‘tgan yil boshida klub falsafasi yosh o‘yinchilarni tarbiyalab, klubga yetkazish ekanligini ta’kidlagandingiz. Mavsumlar oralig‘ida esa bir nechta legionerlar tarkibga jalb etildi. Bunda avvalgi natijalardan qoniqish bo‘lmadimi yoki klub o‘z siyosatini o‘zgartirdimi?
— O‘tgan yilgi tarkibdagi ba’zi o‘yinchilar boshqa klublarga o‘tganligi sababli, qolaversa, tarkibdagi boshqa futbolchilarning darajasini oshirish maqsadida legionerlarni jalb qilishga qaror qildik. Ularning jamoaga moslashishi uchun biroz vaqt talab etiladi. Ular kelgusi o‘yinlarda o‘zlarini ko‘rsata oladi deb o‘ylayman.

— Davralar oralig‘idagi yig‘indan ko‘nglingiz to‘ldimi?
— Avvalgi intervyularimda aytib o‘tgandim, tayyorgarlik borasida biroz ko‘nglim ranjigandi. Chunki sharoitlarning yaxshi bo‘lmagani bugungi o‘yinda aks etdi. Lekin bu mag‘lubiyat uchun sabab bo‘la olmaydi. O‘z ustimizda ishlab, kelgusi uchrashuvlarda yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilamiz. Raqib jamoani bugungi g‘alaba bilan tabriklaymman. Endilikda «Navbahor»ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz.

— Yosovich va Damir Temirov jarohat olganmi? Ular qachon safga qaytishadi?
— Ba’zi o‘yinchilar mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida jarohat oldi. Damir Temirov o‘tgan yili jarohat olgandi, bu yil tarkibga qo‘shildi. Ularning tiklanishi uchun 2-3 hafta kerak bo‘ladi.

— Bugun darvozani qo‘riqlagan Lobanov harakatlari haqidagi fikringiz?               
— O‘yinga qaytadigan bo‘lsam, uchrashuv boshidagi ikki to‘p murakkab vaziyatda o‘tkazib yuborildi. Lekin uchinchi golda xatolik bo‘ldi. Biroq bu haqda hech narsa deya olmayman, sababi o‘yinni qaytadan ko‘rib, tahlil qilishimiz kerak.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:10, 04.03.2023.
O'qildi: 952 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.