Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Aleksandr Xomyakov: "Yigitlar tug‘ilgan kunimga super sovg‘a tayyorlashdi"

Aleksandr Xomyakov: "Yigitlar tug‘ilgan kunimga super sovg‘a tayyorlashdi"

Baho:
+ | -

“Nasaf” – “Andijon” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fiklari bilan o‘rtoqlashdi.

- Aleksandr Andreevich, g‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘yin qanday taassurot qoldirdi?

- Birinchi o‘rinda muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Mavsum qiziqarli va ijobiy bo‘lishiga umid qilaman. G‘alaba so‘zsiz yoqimli. Maqsadimiz ishonchli qatnashish. Albatta, g‘alaba bizni xursand qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, bizga omad kulib boqdi. O‘yinning ko‘p qismida to‘psiz harakatlandik. “Nasaf”da chiziqlardan uyushtirilgan hujumlarda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Lekin yigitlar bugun o‘zlarining jonini tikishib, g‘alabaga hissa qo‘shishdi. Yagona vaziyatni kutdik va foydalandik. Yana bir bor muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoaga rahmat aytaman. Ko‘rsatmalarimizni to‘la-to‘kis bajarib g‘alabaga erishdik.

- Sizningcha, “Nasaf”ga nima yetishmadimi?

- Futbolda natija uchun bir qancha faktorlar mavjud. Bugun bizning kunimiz ekan, omad biz tomonda bo‘ldi. “Nasaf” bayroqdor jamoa hisoblanadi. Ular o‘ziga xos uslubga ega jamoa. Asosiysi, bizning maqsadimiz to‘p o‘tkazib yubormaslik edi. Maydon markazida esa tajovuzkor bo‘lish talab etilgandi. Maqsadimizni bajara oldik. “Nasaf” tomonidan bizning jarima maydonimizda juda xavfli zarbalar bo‘ldi. Qaytaraman: bu yigitlar g‘alabaga munosib xizmat qilishib xarakter ko‘rsata olishdi va yaratgan vaziyatdan unumli foydalandik.

- “Andijon”ning oldiga qo‘ygan maqsadi qanday?

- Rahbariyat oldimizga maksimum maqsad qo‘ygan. Mas’uliyatni tushunib turibmiz. Rahbariyat va muxlislar bizdan natija kutishyapti. Bizga har bir o‘yin muhim. Har bir bahsda natijaga erishish uchun kurashamiz.

- Sardor Azimov jarohat oldib maydonni erta tark etdi. U keyingi o‘yinlarda jamoaga yordam bera oladimi? U hozir qanday holatda?

- Men hozir uning holati bo‘yicha bir narsa deya olmayman. Kutamiz, oyog‘ining orqa qismidan jarohat oldi. Biroz jiddiyga o‘xshayapti.

- Aleksandr Andreevich, sizni yana bir bor tabriklayman. Chukni ertaga tavallud kuningiz va qo‘shaloq bayram. “Andijon”ning ushbu g‘alabasi siz uchun eng katta sovg‘a bo‘ldi-a?

- Ha, murabbiy uchun ajoyib sovg‘a, albatta. Latifada aytilganidek, murabbiy aytyapti, ertaga tug‘ilgan kunim, ertaga o‘yinni yutishimizni xohlayman desa, futbolchilar aytishyaptiki, murabbiy shoshilmang, sizga galstuk sotib olganmiz deganidek, shunday holat yuz berdi. Yigitlarga rahmat, tug‘ilgan kunimga super sovg‘a tayyorlab berishdi.

Kiritildi: 21:17, 04.03.2023.
O'qildi: 1513 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.