Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Ravshan Haydarov: «Qizil kartochka tufayli o‘yin uslubimiz o‘zgardi»

Ravshan Haydarov: «Qizil kartochka tufayli o‘yin uslubimiz o‘zgardi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo Kubogi 2-turi doirasida kechgan Iroqqa qarshi o‘yindan (1:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida
— Ushbu o‘yin ikkala jamoa uchun ham muhim bo‘lganligi sababli dastlabki daqiqalaridan qizg‘in o‘tdi. Qizil kartochka tufayli o‘yin uslubimiz o‘zgardi. Shunday bo‘lsa-da yigitlar mas’uliyat bilan harakat qilib, g‘alaba uchun oxirigacha kurashdi.

Abdurazzoqovning almashtirilishi haqida
— U hech qanday jarohat olgani yo‘q, Nodir o‘yinga moslashishga biroz qiynaldi. Ayrim vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘ydi. Shu sababli biz uni almashtirishga qaror qildik.

Qizil kartochkadan keyingi o‘yin
— Bir kishi kam bo‘lib qolganimizdan so‘ng qarshi hujumda o‘ynashga o‘tdik. Iroq ham ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Ular yakkakurashlarda yaxshi o‘ynadi. 10 kishi qolgan holda ham 2-3 ta vaziyatlar yarata oldik, biroq ulardan foydalanolmadik. Darvozabonimiz esa bugun ajoyib o‘yin namoyish etdi. Qizil kartochkaga kelsak, bu vaziyatni o‘zimiz qayta ko‘rib, tahlil qilamiz.

Chorak finalda tushish ehtimoli bo‘lgan raqiblar haqida
— Biz bugun muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdik, “B” guruhida ham qiziqarli kurashlar bo‘lmoqda. O‘rganishga kelsak, albatta o‘rganib bormoqdamiz.

Indoneziya bilan o‘yin haqida
— Farg‘onada bo‘ladigan o‘yin ham muhim hisoblanadi. Chunki barcha jamoalarda hali imkoniyat bor, ular g‘alaba uchun maydonga chiqadi.

Bugun biz katta kuch sarfladik. Futbolchilar emosional jihatdan ham toliqdilar. Shifokorlarimiz tiklanish ustida ishlashadi. Umuman olganda, keyingi uchrashuvga ham reja asosida tayyorgarlik olib boramiz.

Kiritildi: 22:39, 04.03.2023.
O'qildi: 3519 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.