Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Qahramon Aslanov «MYU»ning yirik hisobdagi mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi

Qahramon Aslanov «MYU»ning yirik hisobdagi mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Albatta, "Manchester Yunayted"ning bir qator futbolchilari xatolar qildi, murabbiy ham, taktika ham, reja ham ishlamadi, ammo ishning ruhiy tomoni ham bor.

«MYU» dastlabki gollarni o‘tkazgan sayin, tezroq javob berishga urinaverdi, intizomni unutdi - «Liverpul» esa, bunday shartlarda eng yaxshisi.

Qaysidir ma’noda, Braziliyaning Germaniyaga qarshi yarimfinalini eslatib yubordi. O‘yin Rioda, g‘alaba kerak, gol o‘tkazgan sayin, Braziliya oldinga tashlanavergan, hatto bir vaziyatda maydon markazidan o‘yinni boshlagan Marselo bir o‘zi raqib futbolchilarini aldab, yurish qilgandi - ya’ni hatto buni qanday amalga oshirish kerakligini o‘ylab ko‘rmay, tezroq gol urmoqchi bo‘lib, og‘ir jazolangandi.

Bu o‘yin unutilmaydi, doim  eslatiladi, to‘g‘ri, ammo uch ochko yo‘qotildi xolos. Eng muhim sinov ten Xag bu holatdan shogirdlarini olib chiqishida. Ya’ni bir o‘yinda kuzatilgan ruhiy holat bir nechta uchrashuvga cho‘zilib ketishi mumkin. Masalan, keyingi o‘yin «Betis» bilan, keyin «Sauthempton», jamoa bugungi natijadan tezroq chiqib ketish uchun yana shoshilishi, oldinga tashlanishi va jazolanishi mumkin. Asosiy sinov mana shunda. Sovuqqonlik rejimiga qaytishda. Ko‘ramiz.

«Liverpul» esa, bu tarixiy g‘alabadan so‘ng, to‘rtlikka kirish yo‘lidagi favoritga aylandi. Yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha «Tottenhem» bilan teng, «Nyukasl»dan atigi 2 ochko orqada. Hech narsamas.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 00:33, 06.03.2023.
O'qildi: 5173 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.