Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Futbolda yana yangi qoidalar paydo bo‘ladi

Futbolda yana yangi qoidalar paydo bo‘ladi

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol assosiasiyasi kengashi kelasi hafta oxirida Londonda yig‘iladi. Davra suhbatida o‘yinlarning aniq vaqti, yangi ofsayd qoidasi va ilgari muhokama qilinmagan boshqa yangiliklar muhokama qilinishi kutilmoqda. 2023/2024 yilgi mavsumdan boshlab futbolda nimalar o‘zgarishi mumkin.

2023/2024 yilgi mavsumdan futboldagi yangi qoidalar qanday bo‘ladi?

Marca nashri xabariga ko‘ra, keyingi mavsumdan kuchga kiradigan qoidalardan ba’zi qoidalar quyidagilardan iborat.

  • To‘rtinchi hakam maydonda har doim kapitan bog‘ichini taqqan o‘yinchi bo‘lishini ta’minlash uchun javobgar bo‘ladi. Ko‘pincha o‘yin davomida sardor almashtirilgan bo‘lsa va u bog‘ichni o‘zi bilan olib chiqib ketgan holatlar uchragan. Endi bunga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Gol nishonlash qo‘shib berilgan vaqtining bir qismi bo‘ladi. Bir daqiqa yoki bir yarim daqiqadan ko‘proq vaqt davomida urilgan golni nishonlash mumkin bo‘lmaydi.

  • Emiliano Martinesga albatta ta’sir qiladigan qoida bor. Darvozabonga penalti tepuvchini chalg‘itishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Misol uchun, ustunlar, to‘sin va to‘rga tegish mumkin bo‘lmaydi.
  • Hakamning ruxsatisiz maydonni tark etgan himoyalanotgan jamoa o‘yinchisi darvoza chizig‘ida bo‘lgan deb hisoblanadi. Hujumdagi futbolchiga kelsak, u faol zonada qatnashmaslik uchun maydonni tark etishi yoki maydondan tashqarida qolishi mumkin.
  • Yig‘ilishning asosiy mavzulari, albatta, o‘yinlarning toza vaqtga o‘tish va Arsen Vengerning ofsayd qoidasi haqida bo‘ladi.

"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi va hozirda FIFAning futbolni rivojlantirish bo‘yicha direktori hujumchilarga himoyachilardan ustunlik beradigan o‘zgarishni taklif qilmoqda.

FIFA va Janni Infantino muxlislarga yana qanday yangilik tayyorlagan ekan?

Kiritildi: 22:08, 06.03.2023.
O'qildi: 4457 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик