Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Angliya Premyer-ligasi bilan xayrlashishga yaqin bo‘lgan klublar

Angliya Premyer-ligasi bilan xayrlashishga yaqin bo‘lgan klublar

Baho:
+ | -

Angliya chempionatida nafaqat kuchli to‘rtlik uchun kurash qizg‘in pallaga kirgan va balki turnirda jon saqlab qolish masalasa ham bir nechta klublarning kun tartibidan o‘rin olgan. Keling, qaysi jamoalar Premyer-liga bilan xayrlashishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

"Bornmut" - 25 o‘yin, 21 ochko

“Bornmut” butun mavsum davomida quyi ligaga tushib ketish arafasida qolmoqda. Jamoa qishki transfer oynasida katta kuchayishi mumkin edi va hatto Nikolo Zanioloni sotib olishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi, biroq faqatgina “Sassuolo”dan Hamed Traore va “Dinamo Kiyev”dan Ilya Zabarniy olib kelindi.

Klub 9 uchrashuvda 6 mag‘lubiyat, 2 durang va 1 g‘alabaga erishdi, ammo taqvim oson emas edi. O‘tgan dam olish kunlarida "Bornmut" "Arsenal" darvozasiga 2 ta gol urdi, ulardan biri tezlik bo‘yicha Premer-ligadagi rekordini deyarli yangiladi.

"Sautgempton" - 25 o‘yin, 21 ochko

Bu mavsumda "avliyolar"da muammolar ko‘p. 2020 yil yanvar oyida klub yangi xo‘jayinga ega bo‘ldi, u yozda jamoani yoshartirishga yo‘l olgan ommaviy xaridni amalga oshirdi. Bu natijalarga ta’sir qildi. Shuningdek, Ralf Xasenxyuttl ketganidan so‘ng, Natan Jons tayinlandi. Mutaxassisga 3,5 yillik shartnoma berilgan, ammo 8 uchrashuvda 7 ta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan va atigi 1 o‘yinda g‘alaba qozongan.

Jons ishdan bo‘shatilgandan so‘ng, avliyolar 4 uchrashuvda 2 ta g‘alaba qozonishdi va hozir hammasi unchalik yomon ko‘rinmaydi, ammo mavsumning qolgan qismi uchun taqvim jamoa muxlislarini xursand qilishi dargumon. Mavsum oxirigacha ular omon qolish uchun kurashda 2 ta raqib bilan o‘ynashlari kerak.

"Everton" - 26 o‘yin, 22 ochko

Liverpulliklar rahbariyati uzoq vaqt davomida o‘z klubi bosh murabbiyi sifatida Frenk Lempardni qo‘llab-quvvatlashda davom etdi. Biroq yanvar oyi oxirida ularning sabri chidab, shartnoma bekor qilindi. Uning o‘rniga "Byornli" bilan tanilgan Shon Daych taklif qilindi. Ingliz ko‘p vaqt talab qilmadi va birinchi o‘yinidayoq chempionat peshqadamlarini mag‘lub etib, sensasiya yaratdi. Daych kelganidan so‘ng, jamoa 2 g‘alaba, 1 durang va 3 mag‘lubiyatga uchradi.

"Lids" - 25 o‘yin, 22 ochko

“Tovuslar” uzoq vaqt davomida amerikalik mutaxassis Jessi Marsh uchun jamoa yig‘ishdi va hatto uning uslubi uchun maxsus transferlarni amalga oshirishdi. Jamoa maydonda juda yaxshi ko‘rindi va o‘tgan yillardagi "Brayton"ning juda xom versiyasiga o‘xshardi. Futbolchilarda imkoniyatlarni amalga oshirishda yaqqol muammolar borligi ayon bo‘ldi.

Biroq natijalar, albatta, muxlislarni ham, klub egalarini ham xursand qilmadi. Fevral oyi boshida "Lids" quyi ligaga tushib ketish zonasida edi va Jessi Marsh qo‘l ostida ular 32 uchrashuvda 8 ta g‘alaba qozonishdi. Darhaqiqat, Marsh jamoani yangi bosqichga olib chiqmadi va Angliyaning shimoliy-g‘arbiy qismida faoliyatini boshida bo‘lgani kabi ketishda ham xuddi shu darajada qoldirdi. Uning o‘rniga Xavi Grasiya keldi va hozir jamoa Premyer-ligada 17-o‘rinda.

"Vest Xem" - 25 o‘yin, 23 ochko

"Bolg‘achilar"ni "mavsumning asosiy omadsizlaridan biri nomiga da’vogarlar deb atash mumkin. Oldingi mavsumlarda Devid Moyes shogirdlari muntazam ravishda yevrokuboklarga chiqish uchun kurashib kelishgan va hozir ham ularda o‘ynashmoqda. Konferensiyalar ligasining 1/8 o‘yinlarida, ular Kiprning AEK klubi bilan o‘ynashadi.

Londonliklarga aynan nima bo‘lganini aytishning iloji yo‘q. Jamoa sifatli transfer kampaniyasini o‘tkazdi, Paketa timsolida eng iqtidorli braziliyaliklardan birini qo‘lga kiritdi, himoya va hujumni kuchaytirdi. Biroq, natijalar o‘xshamadi.

"Lester" - 25 o‘yin, 24 ochko

Jamoa 8 ta o‘yindan iborat segment 6 tasini g‘alaba bilan yakunlangan, keyin esa 6 ta o‘yindan 5 tasida mag‘lub bo‘ldi. Brendan Rojers shogirdlarida nima uchun barqarorlik yetishmayotganini ayta olmaysiz, ammo "Lester"ning asosiy muammolaridan biri bu futbolchilardir.

Klub rahbariyati o‘yinchilarga pul sarflamaydi va sotib olmaydi, va kelganlarning hammasini hech bo‘lmaganda jadvalning o‘rta qismi darajasidagi ijrochilar deb atash qiyin. Qolaversa, jamoa yetakchilarining shartnomalari tugamoqda - Tilemans kelasi yozda erkin agent sifatida ketadi, Jeyms Maddison esa Angliyaning top jamoalaridan biri tomonidan sotib olinishi mumkin, chunki uning shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi. Brendan Rojersning pozisiyasi eng qizg‘in emas, ammo jamoaning o‘yini baribir “Lester”ning kelasi mavsumda Premyer-ligada ishtirok etishidan dalolat beradi. Bundan tashqari, "tulkilar" taqvimini murakkab deb atash qiyin.

Kiritildi: 14:21, 07.03.2023.
O'qildi: 2045 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.