"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte "Milan"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi arafasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz har bir o‘yinga tayyor bo‘lishimiz kerak. "Milan" keyingi to‘siq bo‘ladi, raqibdan o‘tish uchun ikkita to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishimiz kerak. Jiddiy bosim normal holat, chunki agar klubga bosim kuchaysa, demak, bizning darajamiz ko‘tariladi", - deydi Konte.
Dastlabki o‘yinda “shporlar” “Milan”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.