Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Baxtiyor Hamidullayev «Andijon»ning «Nasaf» maydonida qo‘lga kiritgan 1999 yildagi g‘alabasini yodga oldi

Baxtiyor Hamidullayev «Andijon»ning «Nasaf» maydonida qo‘lga kiritgan 1999 yildagi g‘alabasini yodga oldi

Baho:
+ | -

Andijon futbolining afsonalaridan biri Baxtiyor Hamidullayevni ham kuni kecha “Andijon” klubining Qarshida “Nasaf” ustidan erishgan g‘alabasi befarq qoldirgani yo‘q.

O‘zaro o‘yinlarda bu “Andijon”ning “Nasaf” maydonidagi ikkinchi g‘alabasidir. Dastlab 1999 yilgi mavsumda Qarshida jamoamiz 1:2 hisobida g‘alaba qozongan. O‘shanda to‘purar hujumchi Baxtiyor Hamidullayevning gollarda ulushi katta bo‘lgan. Birinchisida penalti ishlagan va ikkinchisida o‘zi gol urgan.

Muxlislar orasida “Batigol” nomi bilan mashhur bo‘lgan Hamidullayev “Andijon”ning “Nasaf” maydonidagi g‘alabasi va 1999 yilda qo‘lga kiritilgan ilk muvaffaqiyat borasida fikrlarini bildirib o‘tdi.
 
“1999 yildagi o‘yin hozirgidek esimda. U paytda shahar hokimi Abdullajon Sobirov bo‘lardi va jamoamizga o‘zi qarardi. Uchrashuvdan bir kun oldin Andijondan Qarshiga uchganmiz va bizni aeroportda o‘zi kuzatib, agar yutib kelsanglar, g‘alabani o‘zim sizlar bilan birga nishonlayman deb va’da bergan. Yutib kelganimizdan keyin so‘zini ustidan chiqib, bizni g‘alaba bilan tabriklab, birga nishonlagan.

O‘sha paytdagi “Nasaf” ham kuchli edi va hozirgisi ham. U yerdan 3-4 ta futbolchi ketsa ham hech qachon jamoa pasayib qolmaydi.

Esimda o‘sha uchrashuvda penalti ishlaganman va buni Zaxriddin Akbarov golga aylantirgan. O‘zim ham tepsam bo‘lardi, ammo unga berganman. Ikkinchi golni esa men kiritganman.

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan “Nasaf” – “Andijon” uchrashuviga kelsak, bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovning matbuot anjumanidagi fikrlarini o‘qidim. Omad kulib boqqanini aytdi. Jamoa shu ketishda davom etsa, har doimgidek pastki o‘rinlarda emas, balki yuqoriroq pog‘onalarni egallashga qodir.

Rostini aytsam, “Andijon”ning “Nasaf” maydonidagi g‘alabasini hech kim kutmagan bo‘lsa kerak. Faqatgina “Andijon” muxlislarigina g‘alabaga oxirigacha ishonishadi. Baribir futbolda kuchli klubga omad kulib boqadi. Demak, Qarshidagi o‘yinda “Andijon” kuchliroq bo‘lgani uchun ham ularga omad kelgan”, - dedi Hamidullayev.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 11:05, 08.03.2023.
O'qildi: 2007 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик