Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Xoland «Man Siti»ni tark etish haqida o‘ylayaptimi?

Xoland «Man Siti»ni tark etish haqida o‘ylayaptimi?

Baho:
+ | -

Ingliz OAV Erling Xolandning «Manchester Siti»ni tark etishi mumkinligi haqida hayratlanarli ma’lumot tarqatdi. Boz ustiga, norvegiyalik «shaharliklar»ni Angliyaning boshqa klubiga almashtirishi mumkin. Quyida bu nimani anglatishi mumkinligi haqida gapiramiz.

Erling Xolandning «Manchester Siti»ni tark etishi mumkinligi haqidagi ma’lumot Daily Mail tomonidan tarqatildi va bu eng haqiqatga yaqin OAV emas. Bu e’tiborimizni qaratishi kerak bo‘lgan birinchi narsa. Xolandning «Manchester Siti»dan ketishi, hech bo‘lmaganda hozircha, mutlaqo noreal ko‘rinadi. Shu sababli, ingliz ommaviy axborot vositalari ochiq-oydin soxta xabar tarqatgan bo‘lishi ham mumkin.

Shunga qaramay, ba’zi holatlarda, bu ma’lumot haqiqat bo‘lmasa ham, ayrim asoslarga ega bo‘lishi mumkin. «Manchester Siti moliyaviy firibgarlik bo‘yicha jiddiy tergov markazida bo‘lib turibdi. Ingliz klubining aybi isbotlansa, rahbariyat ayrim futbolchilar ro‘yxatini qisqarishga majbur bo‘ladi. Shubhasiz, Xoland quyi ligada o‘ynamaydi va darhol ketadi. Birinchi sabab shu.

Ushbu versiya bo‘yicha norvegiyalik Angliyada o‘ynashni davom ettirishdan manfaatdor ekanligini ko‘rish mumkin. Agar «Manchester Siti» quyi ligaga tushib qolsa, Xoland oddiygina qilib boshqa jamoaga o‘tish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Shu bilan birga, futbolchining o‘zi va uning agentlari biroz ko‘proq ichki ma’lumotga ega bo‘lib, voqealarning bunday burilishlari uchun zamin hozirlayotgan bo‘lishi mumkin. Xolandni qayerda ko‘rish mumkin? Hozirgi vaziyatda kuchli markaziy hujumchi «Manchester Yunayted», «Arsenal» va «Chelsi»ga foydali bo‘lardi. Biroq, moliyaviy nuqtayi nazardan, norvegiyalikni faqat «mankunianlar» sotib olishga qodir bo‘la oladi.

Bundan tashqari, Xolandning mumkin bo‘lgan transferi haqidagi ma’lumotni boshqa joydan ko‘rish mumkin. Ehtimol, futbolchining agentlari norvegiyalikning «Real»ga o‘tishi mumkinligini tekshirib ko‘rmoqda. Ispaniya klubi Karim Benzemani almashtirish variantini aniq ko‘rib chiqmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, «qaymoqranglilar» bu yozda transfer bozoriga kirib, bir nechta o‘yinchilarga qiziqish bildirishlari mumkin. Masalan, Dushan Vlaxovich haqida turli gaplar bor.

Agar «Real Madrid» haqiqatan ham yozda yangi hujumchi sotib olishga tayyor bo‘lsa, Xolandning agentlari Madrid klubiga taklif va shartlarni yuboradi. Bu holatda norvegiyalikning boshqa ingliz jamoasiga ketishga tayyorligi haqidagi xabar «Real»ga signal bo‘lishi kerak. Bu holatda, «Real Madrid» tezroq va yaxshi taklif tayyorlashi kerak, toki forvard boshqa variantni tanlamasligi uchun.

Shunga qaramay, Xoland jamoani o‘zgartiradi deb taxmin qilishga asos yo‘qdek ham. «Manchester Siti» hali hech qayerga surgun qilinmadi, lekin eng muhim sovrinlarga da’vogarlik qilmoqda. Shu bilan birga, «shaharliklar» norvegiyalik uchun juda ko‘p sarmoya kiritdilar. Hujumchining shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan, shuning uchun «Manchester Siti» o‘z futbolchisini yo‘qotish xavfini his qilishi uchun hali juda ko‘p vaqt bor.

Albatta, «Real» yoki boshqa ingliz klubi «Manchester Siti»ga fantastik summani taklif qilishi mumkin. Biroq, «shaharliklar» pulga muhtoj emas. Shu bilan birga, turli manbalarga ko‘ra 200 millionlik Xolandni klubdan qo‘yib yuborish bo‘yicha ehtimoliy summa va takliflar faqat 2024 yilning yozidan kuchga kiradi. Hozircha Xoland hozirgi klubida baxtli.

Kiritildi: 11:34, 08.03.2023.
O'qildi: 6161 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.