Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Superliga. «Navbahor» - «Metallurg» (prevyu)

Superliga. «Navbahor» - «Metallurg» (prevyu)

Baho:
+ | -

Superliganing 2-turida «Metallurg» safarda Namanganning «Navbahor» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur jamoalar o‘zaro 52 marta kuch sinashgan: 23 ta o‘yinda «Navbahor», 13 ta uchrashuvda «Metallurg» g‘alaba qozongan, 16 ta bahs durang natija bilan intiho topgan. To‘plar farqi – 73:51, vodiy jamoasi foydasiga.

Namanganda o‘tkazilgan o‘yinlarda to‘liq ustunlik mezbonlar tomonida: 19 ta g‘alaba, 6 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat.

Jamoalarning Namanganda o‘tkazilgan so‘nggi beshta uchrashuvi:

21.06.2022.  «Navbahor» – «Metallurg» – 0:0
05.11.2021.  «Navbahor» – «Metallurg» – 1:0
19.10.2020.  «Navbahor» – «Metallurg» – 1:1
19.05.2019.  «Navbahor» – «Metallurg» – 0:0
23.09.2018.  «Navbahor» – «Metallurg» – 0:0

«Navbahor» haqida
«Navbahor» mamlakatimizning kuchli jamoalaridan biri sanaladi: O‘zbekiston chempioni (1996), uch marta O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lgan (1992, 1995, 1998). Bir marta Superkubokni qo‘lga kiritgan (1999). Shuningdek, chempionatlarimizda 1 marta kumush, 8 marta bronza medali bilan taqdirlangan.

Namangan shahrida futbol klubiga 1974 yilda asos solingan bo‘lib, u turli yillarda «Tekstilshik» (1974-80), «Avtomobilist» (1984-87) nomlari bilan yuritilgan. 1981-83 hamda 1988 yildan to hozirgi kungacha «Navbahor» nomi bilan o‘ynab kelayapti.

Jamoaning O‘zbekiston chempionatlaridagi to‘purari Shuhrat Mirxoldirshoyev hisoblanadi. U namanganliklar tarkibida o‘tkazgan 144 o‘yinida raqiblari darvozasiga 127 ta gol kiritgan. U faoliyati davomida jami 222 ta gol kiritib, Gennadiy Krasnitskiy klubi a’zosi bo‘lgan.

«Navbahor» bugungacha O‘zbekiston chempionatlarida 908 ta uchrashuv o‘tkazib, shulardan 421 tasida g‘alaba qozongan. 193 o‘yinda durang qayd etib, 294 uchrashuvda yutqazgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan gollari nisbati 1463:1058. Chempionatdagi eng yirik g‘alabasi – 10:0 (2006 yil, «Xorazm»). Yana bitta e’tiborga molik uchrashuv, bu sermahsul o‘yini – 10:3 (1996, «Kosonsoy»). Eng yirik mag‘lubiyati – 0:7 (2009, «Paxtakor»).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 08:23, 09.03.2023.
O'qildi: 1130 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.