Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Koman: «Biz g‘alaba qozonishga haqli edik»

Koman: «Biz g‘alaba qozonishga haqli edik»

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Kingsli Koman Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinida «PSJ» ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.

«Bu juda qiyin bo‘ldi, ayniqsa birinchi bo‘limda. Raqib yaxshi o‘ynadi. Tanaffusda gaplashdik, ba’zi muammolarni hal qildik va ikkinchi bo‘limda ixchamroq o‘ynadik.

O‘ylaymanki, biz g‘alaba qozonishga haqli edik. Zaxira sifatida maydonga tushgan futbolchilar a’lo darajada harakat qilishdi», - deya Komanning so‘zlarini keltirmoqda UYEFA matbuot xizmati.

Myunxenliklar dastlabki bahsda 1:0 hisobida zafar quchgan edi. Natijada «Bavariya» chorak finalga yo‘l oldi.

Kiritildi: 11:03, 09.03.2023.
O'qildi: 1197 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик