Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

YECHL. «Bavariya» - «PSJ» o‘yinidan keyingi raqamlar va faktlar

YECHL. «Bavariya» - «PSJ» o‘yinidan keyingi raqamlar va faktlar

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak final javob o‘yinida “Bavariya” va “PSJ” 8 mart, chorshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvda myunxenliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. 61-daqiqada Erik Maksim Shupo-Moting gol urgan bo‘lsa, 89-daqiqada Serj Gnabri yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa, “Bavariya” parijliklar bilan so‘nggi 6 o‘yinning 5 tasida g‘alaba qozondi. 2017 yil 5 dekabridan buyon Myunxen klubi 5 ta o‘yinda g‘olib bo‘ldi va faqatgina 2021 yil 7 aprel kunidagi o‘yinda 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.

“PSJ” esa 2023 yildagi 6-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Kristof Galtye shogirdlari joriy yil 15 ta o‘yinda ishtirok etib, shundan oltitasida (“Lans”ga qarshi 1:3, “Renn”ga qarshi 0:1, “Monako”ga qarshi 1:3, “Marsel”ga qarshi 1:2, “Bavariya”ga qarshi o‘yinda 0:1 va 0:2) mag‘lub bo‘ldi. 2023 yil boshiga qadar esa jamoa biror marotaba imkoniyatni boy bermagandi.

“PSJ” hujumchisi Lionel Messi Chempionlar Ligasida asosiy tarkibda maydonga tushish bo‘yicha 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Argentinalik forvard “Bavariya”ga qarshi bahsda o‘z faoliyatida 150 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. Faqatgina Iker Kasilyas (176 marta) va Krishtianu Ronaldular (178) undan oldinda.

Leo ketma-ket uchinchi marta YECHL nimchorak finalida o‘z ishtirokini yakunlamoqda (2 yil “PSJ” bilan, bir yil “Barselona” safida) va ketma-ket 8 yil turnir finaliga chiqa olmayapti. Messi so‘nggi bor 2015 yilda “Barselona” bilan birga “shalpangquloq”ni qo‘lga kiritgandi. O‘shanda kataloniyaliklar “Yuventus”ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:20, 09.03.2023.
O'qildi: 1722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик