Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/06 03:00 Kanada 6-0 Qatar
19/06 06:00 Meksika 1-0 Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh 2-0 Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya 0-1 Marokash
20/06 05:30 Braziliya 3-0 Gaiti
20/06 08:00 Turkiya 0-1 Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya - Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador - Kyurasao
21/06 09:00 Tunis - Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron

Keyn "Tottenxem"ning YECHLni tark etishini tanqid qildi

Keyn "Tottenxem"ning YECHLni tark etishini tanqid qildi

Baho:
+ | -

Xarri Keyn Chempionlar ligasidan chiqib ketgan "Tottenxem"ni tanqid qildi.

Kecha "shporlar" Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinida "Milan" bilan durang o‘ynadi (0:0) va turnirni tark etdi (birinchi o‘yin - 0:1).

"Biz kuboklarni yutishimiz kerak. Bu har doim maqsad bo‘lib kelgan. APLda kuchli to‘rtlikka kirish maqsadi esa o‘zimiz xohlagan darajada o‘ynay olmayotganimiz oqibatidir. Endi bu uchun kurashishimiz mumkin. Bu bizning maqsadimiz bo‘ladi va umid qilamanki, mavsum oxirida bunga erishamiz. Lekin, albatta, bunday klub uchun bu yetarli emas.

Shunchaki kuchli to‘rtlikka kirish bu klubda hech kimga, ayniqsa muxlislarga yarashmaydi. Ular o‘z fikrlarini bildirish huquqiga ega.

O‘tgan hafta unchalik omadli bo‘lmadi. "Sheffild Yunayted"ga qarshi 1:0 hisobidagi g‘alabadan oldin (Angliya Kubogi 16-raundida) mavsum butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi. O‘tgan haftadagi mag‘lubiyat qalbimizga xanjar sanchgandek, o‘zingiz ko‘rib turganingizdek, biz haligacha bundan o‘zimizni tiklaganimiz yo‘q.

Biz harakat qilamiz, mashq qilamiz, lekin bizga nimadir yetishmaydi. Biz Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri bo‘lish uchun mentalitet va shafqatsiz chanqoqlik haqida gapirgan edik. Biz hali bunga erisha olmadik", - deydi Keyn.

 

Kiritildi: 21:22, 09.03.2023.
O'qildi: 1242 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик