Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Superliga. "Surxon" - "Andijon". Prevyu

Superliga. "Surxon" - "Andijon". Prevyu

Baho:
+ | -

“Andijon” 2-tur uchrashuvini ham yana mehmonda o‘tkazadi. Bu safar Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida “Surxon” klubiga qarshi maydonga tushadi.

Xabaringiz bo‘lsa, “Surxon” uy o‘yinlarini vaqtincha mezbon sifatida “Paxtakor” stadionidan foydalanib turibdi.

Chempionatning dastlabki turida “Surxon” OKMKga qarshi uchrashuvda 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, “Andijon” Qarshida “Nasaf”ni 0:1 hisobida yengib qaytdi. Hozirda asosiy e’tibor “Surxon”ga qarshi bahsga qaratilgan.

Ushbu jamoalar oxirgi bor 2021 yili o‘zaro to‘qnash kelishgan. Andijondagi uchrashuvda "Andijon" 1:0 hisobida g‘olib chiqqan. Ikkinchi davradagi to‘qnashuvda “Surxon” 2:0 hisobida ustun kelgan.

Mazkur klublarning chempionatimiz tarixidagi o‘zaro o‘yinlar statistikasiga keladigan bo‘lsak, bunga qadar “Surxon” va “Andijon” 30 marotaba maydonda to‘qnashishgan. Qarama-qarshiliklardagi ustunlik “Burgutlar” tarafida.

Bu raqamlarda ham aks etgan.

Aytaylik, “Surxon”ning hisobida 9 ta, “Andijon”da esa 16 ta g‘alaba bor. 5 ta o‘yinda kuchlar teng kelib qolgan. To‘plar nisbati 37\57 “Andijon” foydasiga.

Eng yirik g‘alabalar ham “Andijon”ning foydasiga hal bo‘lgan. Jumladan, 5:1, 6:2, 3:0, 4:0, 0:5 natijalari bilan “Surxon” tor-mor etilgan o‘yinlar kuzatilgan. Shuning uchun ham “Andijon” klubi “Surxon”ga qarshi bellashuvlarda yaxshigina ustunlikka ega.

Eslatib o‘tamiz, "Surxon" - "Andijon" bellashuvi 11 mart kuni soat 17:00 da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. Uchrashuv "Dunyo bo‘ylab" telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Kiritildi: 08:17, 10.03.2023.
O'qildi: 1546 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.