Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

«Liverpul» egalari oldidan ikki yo‘l bor, birini tanlash kerak

«Liverpul» egalari oldidan ikki yo‘l bor, birini tanlash kerak

Baho:
+ | -

Mersisaydliklar uchun katta mablag‘ sarflash vaqti keldi.

«Liverpul»ni hozirgi egalari bilan nima kutmoqda? 2022 yilning noyabrida «Liverpul» sotuvga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Bu yangilik juda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. U nashr etilgandan so‘ng darhol klubga da’vogarlar paydo bo‘ldi. Ular orasida asosan Yaqin Sharq mamlakatlari vakillari va britaniyalik milliarderlar bor edi. E’tiborlisi, ayni vaqtda, 2022 yilning noyabr oyida «Manchester Yunayted» ham sotuvga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.

«Manchester Yunayted» bilan bog‘liq vaziyat hali ham rivojlanib bormoqda. Gleyzerlar oilasidan klubni sotib olishga tayyor bir qancha haqiqiy da’vogarlar bor. Ammo «Liverpul»da hammasi boshqacha. Yaqinda Fanway Sports Group vakillari «qizillar» bilan to‘liq xayrlashishga hali tayyor emasliklarini aytishdi. FSG investorlarni jalb qilish uchun faqat ozchilik qiymatda, ya’ni kam ulushni sotishga tayyor. Butun klub sotilmaydi.

Fanway Sports Group tashqi investorlarni qidirayotgani biroz g‘alati ko‘rinadi. FSG eng nufuzli sport imperiyalaridan biridir. Uning boyligi 8,7 milliard funtga baholangan. Bu sport kompaniyalari orasida to‘rtinchi ko‘rsatkichdir. Yevropadagi eng mashhur futbol klublaridan biri «Liverpul» FSG tarkibiga kirishidan tashqari Qo‘shma Shtatlardagi eng mashhur beysbol klublaridan biri «Boston» ham ushbu kompaniyaga qarashli. Bunday aktivlarga ega bo‘lgan kompaniya moliyaviy muammolarga duch kelmasligi kerak.

Yana bir narsa shundaki, ehtimol, FSG rahbari Jon Genri ko‘p pul sarflashni xohlamaydi va tashqaridan moliyaviy in’eksiyalarni kutadi. Bu allaqachon sodir bo‘lgan. 2021 yil mart oyida «Milan»ning hozirgi egalari RedBird Capital o‘z aksiyalarining 10 foizini FSGdan sotib oldi. FSG kelishuv uchun 533 million funt sterling oldi va bu ularga «Enfild»dagi tribunalarni kengaytirish bo‘yicha ishlarni boshlashga yordam berdi. Rejaga ko‘ra, yozgacha «qizillar»ning asosiy arenasi sig‘imi 7000 o‘ringa, ya’ni 61 mingtagacha ko‘tarilishi kerak. Bu holda «Enfild» Angliyadagi beshinchi, Premyer-ligadagi uchinchi yirik stadionga aylanadi. Bu safar Fenway Sports Group «Liverpul»ning rivojlanishiga yordam berish uchun aksiyalarning bir qismini sotishga qaror qildi. Bu yo‘lda birinchi navbatda, yangi o‘yinchilarga ko‘p pul sarflash kerak bo‘ladi. FSG davrida «Liverpul» qimmat transferlarni amalga oshirdi, lekin Manchester klublari yoki «Chelsi» kabi tez-tez emas. Bundan tashqari, «qizillar» uchun ko‘p narsa o‘yinchilarni muvaffaqiyatli sotish darajasiga bog‘liq edi. Mavsum yakunida 3 nafar futbolchi «Liverpul»ni tekinga tark etishini hisobga olsak, bu safar bunday daromad kam bo‘ladi.

Agar yozgacha hech narsa o‘zgarmasa, Roberto Firmino, Aleks Oksleyd-CHemberlen, Nabi Keyta va Artur iyun oyida mersisaydliklar safini tark etishadi. Bundan tashqari, Jeyms Milnerning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Bu ro‘yxatning deyarli barchasi yarim himoyachilardir. Bu shuni anglatadiki, «Liverpul» deyarli butun yarim himoya chizig‘ini yangilashi va yoshartirishi kerak bo‘ladi. Sifatli yosh futbolchilar va shunga yarasha xarajat kerak. «Qizillar»ning yozdagi asosiy transfer maqsadi hisoblangan Jud Bellingemning o‘zi kamida 100 million yevroga baholangan.

Lekin muammo faqat futbolchilarda emas. Yozda mersisaydliklar sport direktori Yulian Uord va futbol tadqiqotlari direktori Yan Grem klubni tark etadi. «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoani qayta qurishga tayyorgarlik ko‘rayotganini yashirmadi. Binobarin, kelayotgan yoz «qizillar» uchun juda muhim bo‘ladi.

Yangi investorlarni qidirish bilan barcha muammolar hal etilmasligi mumkin. Chunki FSGning ehtimoliy sheriklari qayta qurish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olmasligini aniq ko‘rsatdi. Klopp yozda yetarlicha pul bo‘lishiga umid qilmoqda, ammo bu savol ochiqligicha qoladi. Yaqinda chiqqan mish-mishlar «Liverpul»ni «Formula-1»ga egalik qiluvchi Liberty Media bilan bog‘ladi. Bu bir tomondan mersisaydliklar uchun uzoq yillardagi moliyaviy muammolarni hal qilishi mumkin. Liberty Media 17,4 milliard funt sterlingga baholangan dunyodagi eng qimmat kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Boshqa tomondan, bunday jiddiy sarmoyadorlar klubning faqat ozchilik ulushiga qiziqmaydi. Mavsum yakuniga ko‘p vaqt qolmadi va FSGning yangi hamkorlar qidirishi hozircha hech narsaga olib kelmadi. Hozirgi boshqaruv tizimi bilan mersisaydliklar muvaffaqiyatli va nisbatan og‘riqsiz qayta qurishni amalga oshirishi dargumon. FSG pullarni tejashni to‘xtatishi yoki klubni sotishi kerak, chunki Angliyada muntazam moliyaviy in’eksiyalarsiz birinchi o‘rinda qolish deyarli mumkin emas. Shunday ekan, «Liverpul» egalari oldidan ikki yo‘l bor, birini tanlash kerak.

Kiritildi: 09:33, 10.03.2023.
O'qildi: 3089 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.