Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya - Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston - Eron
10/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
10/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon - Kuvayt
10/10 21:00 BAA - KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya

Erik ten Xag: «Mashaqqat yo‘qmi, naf ham yo‘q...»

Erik ten Xag: «Mashaqqat yo‘qmi, naf ham yo‘q...»

Baho:
+ | -

Ravon yo‘lga tushib olgan «MYU» Liga kubogidagi g‘alabadan so‘ng Angliya kubogida ham dadil odimlamoqda.

«Qizil iblislar» musobaqaning 1/8 finalida «Vest Xem»ga qarshi maydonga tushib, so‘nggi daqiqalarda urilgan ketma-ket gollar evaziga irodali g‘alabani tantana qilishdi - 3:1. «Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag shu o‘yin arafasida klub rasmiy saytiga intervyu berib, raqib va uning ustozi Devid Moyesga hurmat bilan qarashini bildirdi, yana Kazemironi maqtadi. Niderlandiyalik mutaxassis shuningdek, «Uembli»dagi g‘alaba (Liga kubogi finali)dan keyin «qizil iblislar» muxlislariga nega ochiq xat yozganini tushuntirdi.

- Erik, yana bir bora Liga kubogi bilan tabriklaymiz. Shogirdlaringizni nav­batdagi o‘yinlarga tayyorlashda qiyinchilik sezilmadimi?

- Ishimiz shu - jamoani har bir bahsga to‘g‘ri shaylantirishimiz shart. Muhimi, yigitlar ham barchasini to‘g‘ri tushunishyapti. Umuman, har qanday holatda jamoa bayram kayfiyatida qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Liga kubogi finali - bu tarix. Ha, g‘alaba nashidasini surish yoqimli, lekin agar ishtirokni munosib davom ettirishni istasangiz, e’tiborni har kungi ishingizga qaratishingiz kerak. Futbol boshqacha yondashuvni tan olmaydi aslo.

- Ayni payt yaxshi maromga kirib olgan «Vest Xem»­dan nechog‘li qarshilik kut­yapsiz?

- Munosib raqib, murabbiyi ham e’tirofga munosib. Tushunarliki, «Vest Xem»da o‘z rejasi bor. Demak, raqibga jiddiy yondashib, faqat o‘z o‘yi­nimizga e’tibor qaratishimiz shart. 100 foiz kuch bilan o‘ynash talab etiladi.

- «Uembli» finalidan ke­yin tarkibda jarohat yoki shunga o‘xshash muammolar yo‘qmi?

- Jamoada har doim og‘riqli zarba qabul qilgan yoki tanasining qaysidir qismi ko‘kargan o‘yinchi topiladi. Futbol shunday. Yana jismoniy charchoqdan vaqtida qutulish masalasi ham bor.

- Kazemiro yaqinda The Best taqdirlash marosimida qatnashdi, «Uembli» finalida esa eng yaxshi futbolchi bo‘ldi. Uning saviyasi ko‘pchilikka ma’lum, bu borada nimanidir qo‘shimcha qila olasizmi?

- Ha, albatta. Kazemiro - charchoq bilmaydigan motor va jonkuyar. U bilan faxrlansak bo‘ladi. O‘ylaymanki, Kazemironing jamoamiz natijalariga qanday hissa qo‘shayotganini hamma ko‘rib turibdi. U faqat maydon emas, balki kiyinish xonasida ham yetakchilar qatorida. Bu juda muhim. Sovrinlar yutish uchun zarur muhit shunday ijrochilar atrofida shakllantiriladi. Mana, finalda ham chinakam namuna ko‘rsatdi. Asosiysi, Kazemiro bilan ishlash - rohat. Undan bag‘oyat mamnunmiz, yil ramziy jamoasiga kiritilganidan xursandmiz. Bu - darhaqiqat, jiddiy e’tirof.

- Kazemiro g‘oliblik mentaliteti bilan tuyingan futbolchi. Yana kuchli va bar­qaror ham. Bu fazilatlar qanchalik muhim?

- Futbolda muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, eng yuqori talablarga javob berishingiz kerak. Shuningdek, katta qat’iyat zarur. Zero, g‘alaba hamisha qurbonlik va mashaqqat talab qiladi. Buningsiz iloji yo‘q. Qaysidir chegaraga yetganingizda, kuchli og‘riq sezasiz va bunga chidashingiz shart. G‘alaba tantanasida esa barcha mashaqqat va og‘riqlar unutiladi.

- Liga kubogidagi g‘alabani asosan yosh futbolchilar davrasida nishonladingiz. Xo‘sh, Kobbi Mayn kabi yigitlar kelajak uchun nimadir tayyorlayotganingizdan dalolatmi?

- Birinchidan, yoshlar ishonch­ni oqlashdi va g‘alabani nishonlashga loyiq edilar. Yuqorida qurbonlik va mashaqqatlar haqida gapirdim. G‘alaba tantanasida charchoqni butunlay chiqarib yuborish muhim. Mashaqqatlarni unutishning eng oson yo‘li shu. Demak, yoshlar avvalo, g‘alabaga to‘g‘ri yondashish va sovrinlar yig‘ishni o‘rganishlari kerak. Buning uchun esa ko‘p ter to‘kish, nimalardandir voz kechish, har kuni boringizni berishingiz talab etiladi.

- Ko‘pchilik muxlislarga yo‘llagan ochiq xatingizni yaxshi qabul qildi. Qiziq, ularga nega shu tarzda murojaat qilishni lozim topdingiz?

- Chunki muxlislar bilan bitta qayiqdamiz va ular futbolchilarga har doim to‘g‘ri signal berishlari kerak. O‘z navbatida, futbolchilar bunga munosib javob qaytarishga urinishadi. Agar shunday yondashuv bo‘lsa, muxlislar nafasi yaqqol seziladi. Ayni payt jamoa va muxlislar armiyasi o‘rtasidagi aloqa juda mustahkam. Endi bu rishtani nafaqat saqlab qolishimiz, balki yanada kuchaytirishimiz zarur. Axir «MYU»ni yanada kattalashtirish missiya­si muxlislar bilan nechog‘li aloqa o‘rnatishimizga ham bog‘liq bevosita. 

Manba: manutd.com, M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:10, 10.03.2023.
O'qildi: 1529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.