Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

O‘tkir Yusupov: “Bu yil oson o‘yinlar bo‘lmaydi”

O‘tkir Yusupov: “Bu yil oson o‘yinlar bo‘lmaydi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 32 yoshli tajribali darvozaboni va sardori O‘tkir Yusupov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Xabaringiz bor, yangi mavsumni g‘alaba bilan boshladik. Bu esa keyingi o‘yinlarda bizga qo‘shimcha kuch hamda motivasiya berishi shubhasiz.

Joriy mavsumning ilk tur bahslari bu yil oson o‘yinlar bo‘lmasligi, barcha jamoalarning kuchi deyarli teng ekanligini isbotladi.

Bunga misol sifatida yurtimizning kuchli klublari hisoblanmish “Paxtakor” hamda “Nasaf”ning ilk turdayoq mag‘lubiyatga uchraganligi, “Navbahor”dan boshqa barcha mezbonlar imkoniyatni boy berganligini keltirish joiz.

“Metallurg”ga qarshi kechadigan bahs keskin va shiddatli kurashlar ostida o‘tishi aniq. Boisi, bekobodliklar ilk turda o‘z maydonida “Neftchi”dan yirik hisobda (0:3) mag‘lubiyatga uchrashdi.

Shuning uchun bo‘lajak bellashuvda “Metallurg” Namanganda ochko olishga intiladi.

Biz – futbolchilar ham bekobodliklar bilan bo‘ladigan o‘yinda g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz hamda buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.

Fursatdan foydalanib, bizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, klub vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatovga jamoamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Jamoamiz joriy mavsumda o‘zi qatnashadigan barcha musobaqalarda zafar quchishni maqsad qilgan.

Buni amalga oshirish uchun biz – futbolchilar qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz.

Kiritildi: 11:57, 10.03.2023.
O'qildi: 1296 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик