Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Bugun "Antalyaspor" klubi delegasiyasi Andijonga tashrif buyuradi

Bugun "Antalyaspor" klubi delegasiyasi Andijonga tashrif buyuradi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, “Andijon” futbol klubi fevral oyida Turkiya Superligasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Antalyaspor” klubi bilan hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma imzolagandi. Jamoalarning dastlabki uchrashuvi va muzokaralari Antaliya shahrida o‘tkazilganligi bo‘yicha avval xabar berilgandi.

Aytish mumkinki, dastlabki uchrashuvda asosan tomonlarning bir-biri bilan tanishishi, fikrlar almashish jarayonlari bo‘lib o‘tgan. Endilikda klublar hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun navbatdagi bosqichga kirishishmoqda. Shu bois javob tashrifi bilan yurtimizga “Antalyaspor” klubi delegasiyasi tashrif buyurmoqda. Ular bugun, 10 mart kuni kechki payt soat 21:20 da to‘g‘ridan-to‘g‘ri Antaliyadan parvoz qiladigan samolyot bilan Toshkentga yetib keladilar va bu yerda 13 martga qadar bo‘ladilar.

Mehmonlar delegasiyasi tarkibi quyidagi mutaxassislardan iborat:

Erdem Erdal (klubning xalqaro munosabatlar va strategik rejalashtirish bo‘yicha menejeri), Adnan Karaxan (klubning bosh skauti), Mexmet Ali Erdal (ommaviy axborot vositalari bilan ishlash departamenti vakili), Mexmet Xakan Onkur ("Fanatik tur" sayyohlik agentligi raisi) va Dog‘uxan Onkur ("Fanatik tur" menejeri). Ularga Toshkentga biroz oldinroq yetib kelgan "Fanatik tur"ning sport direktori Abduhamid Hamidov ham hamrohlik qiladi.

Rejada “Antalyaspor” futbol akademiyasining yurtimizda o‘z filialini ochish masalasi, seleksiya ishlari, “Surxon” – “Andijon” uchrashuviga tashrif, bundan tashqari, “Andijon” jamoasi bilan yaqindan tanishish, U-20 Osiyo chempionati chorak finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Avstraliya terma jamoalari ishtirokidagi o‘yinni kuzatish va “Antalyaspor” seleksiya siyosatiga to‘g‘ri keladigan, potensiali yuqori bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchilarni ko‘zdan kechirish, qolaversa, U-20 Osiyo chempionatining boshqa uchrashuvlarini tomosha qilish ham o‘rin olgan.

"Hamkorlikning keyingi qadamlari sifatida bir-birlari bilan yanada aniq reja va tadbirlar bo‘yicha kelishib oladilar. Bu borada biz yana qo‘shimcha ma’lumot beramiz" - deyiladi "Andijon" futbol klubining rasmiy bayonotida.

Kiritildi: 12:01, 10.03.2023.
O'qildi: 1246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.