Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

"Milan"da o‘ynagan va siz unutgan yulduzlar

"Milan"da o‘ynagan va siz unutgan yulduzlar

Baho:
+ | -

“Milan” shonli tarixga va ajoyib buguniga ega klubdir. Jamoa tarkibida juda ko‘plab yulduz futbolchilar harakat qilgani tabiiy holat, albatta. Bugun biz sizning xayolingizdan chiqib qolgan Milan yulduzlarini eslab o‘tamiz.

Gonsalo Iguain (Argentina)

Argentinalik to‘purar 2018/2019-yilgi mavsumning birinchi yarmini “Yuventus”dan ijaraga olingan holda “Milan”da o‘tkazdi. U "rossoneri" safida A Seriyada 15 o‘yinda 6 ta gol urdi.

Ernan Krespo (Argentina)

Bu mashhur argentinalik forvard 2004/2005 yilgi mavsumda “Milan”ga “Chelsi”dan ijaraga olingandi. Krespo Italiya chempionatida 28ta o‘yin o‘tkazib, 10ta gol urgan.

Asmir Begovich (Bosniya va Gersegovina)

2020 yilning qishida “Milan” bosniyalik darvozabonni “Bornmut”dan yarim mavsumga ijaraga oldi. A Seriyada uning hisobida atigi ikkita o‘yin bor.

Maykl Essyen (Gana)

Uzoq vaqt davomida u "Chelsi"ning asosiy o‘yinchisi edi, ammo 2014 yilning qishida u "Milan"ga jo‘nab ketdi. Essyen “rossoneri” safida bir yarim mavsum o‘tkazdi va A Seriyada 20 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Yens Lemann (Germaniya)

"Shalke", "Borussiya D" va "Arsenal"ning afsonaviy darvozaboni A Seriyada o‘zini topa olmadi. "Milan" uchun u 1998/1999 yilgi mavsumning birinchi yarmini chempionatda bor-yo‘g‘i beshta o‘yinda o‘tkazdi.

Fernando Torres (Ispaniya)

Forvard 2014/2015 yilgi mavsumning birinchi yarmida "Chelsi"dan ijara asosida o‘ynab, "Milan"da muvaffaqiyatsizlikka uchradi. A Seriyada 10 o‘yinda bitta gol urgan.

Mark van Bommel (Niderlandiya)

Yarim himoyachi faoliyatining so‘nggida, 2011-2012 yillarda "Milan"da o‘ynagan. Va u Italiya chempionatida 39 ta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

Klass-YAn Xuntelaar (Niderlandiya)

Niderlandiyalik to‘purar A Seriyada o‘zini ko‘rsata olmadi. U 2009/2010 yilgi mavsumni "Milan"da o‘tkazdi va liganing 25 o‘yinida 7 ta gol urdi.

Patrik Viyeyra (Fransiya)

"Arsenal"ning afsonaviy himoyachisi o‘z faoliyatining boshida “Milan”da o‘ynadi. Fransuz 1995/1996 yilgi mavsumda A Seriyada ikkita o‘yin o‘tkazgan.

Matye Flamini (Fransiya)

Bu fransuz esa aksincha, 2008 yilda “Arsenal”ni tark etib, “Milan”ga yo‘l oldi va besh yildan so‘ng qaytib keldi. 2011 yilda u A Seriyada g‘olib chiqdi. Umuman olganda, Flamini Italiya chempionatida 97 o‘yin va 7 ta gol urgan.

Keisuke Xonda (Yaponiya)

SSKAning sobiq futbolchisi “Milan” safida uch yarim mavsum o‘ynagan – 2014 yildan 2017 yilgacha. Yaponiyalik A seriyada 81 o‘yin o‘tkazib, 11 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

Pepe Reina (Ispaniya)

Ispaniyalik darvozabon 2018 yilning yozida “Napoli”dan “Milan”ga kelgandi. U “rossonerilar” tarkibida bir yarim mavsum deyarli o‘ynamadi – chempionatda bor-yo‘g‘i beshta o‘yinda ishtirok etdi.

Kiritildi: 11:49, 11.03.2023.
O'qildi: 3606 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик